Kutilmagan Dostoyevskiy — satira va detektivlar muallifi
© Sputnik / Aleksey SverdlovKartina Perova "Portret Dostoyevskogo". 1857 god.
© Sputnik / Aleksey Sverdlov
Obuna bo‘lish
Aksariyat Dostoyevskiyni 19-asr tanqidchisi va qadriyatlar qo‘riqchisi deb biladi, lekin bugun biz yozuvchi bilan o‘tkir satira ustasi va detektivlar muallifi sifatida tanishamiz.
TOShKENT, 11 noya —Sputnik, Pavel Surkov. Bugun butun dunyo Fodor Mixaylovich Dostoyevskiy tavalludining 200-yilligini nishonlamoqda. Rus yozuvchilari orasida boshqa tillarga eng ko‘p tarjima qilinadigan, demak eng ko‘p o‘qiladigan, ommaviy va taniqlisi – so‘zsiz Dostoyevskiydir.
Fodor Mixiaylovich asarlarining dolzarbligi bugun ham oshgan bo‘lsa oshgan-ki, kamaygani yo‘q. Aksariyat Dostoyevskiyni XIX asrning bosh tanqidchisi, qadriyatlar qo‘riqchisi va bosh nasihatgo‘yi deb biladi. Lekin bugun biz yozuvchi bilan o‘tkir satira ustasi va detektivlar muallifi sifatida tanishamiz.
Olimlar va pubilitsistlar Dostoyevskiy obrazini tahlil qilganda aksariyat hollarda u kishi ijodining ma’naviy va ijtimoiy tomonlariga asosiy e’tiborni qaratishgan. Darhaqiqat bu sohada aytadigan gapning o‘zi qolmagan: Fodor Mixaylovich matnlaridagi barcha falsafiy tubma’nolar adabiyot kritiklari tomonidan topilgan va batafsil tahlil qilib bo‘lingan.
Lekin daho ijodining belletristik, satirik jihatlari professional tahlilchilar nazaridan chetda qolmoqda. Vaholanki, yozuvchining dunyo miqyosida tan olinishida uning asarlaridagi voqealar zanjiri (sujet, fabula) ham juda katta rol o‘ynagan.
Fodor Mixaylovich o‘z asarlari uchun adabiy uslub tanlaganda bir narsani juda yaxshi tushungan. O‘quvchiga nima bilan tugashi noma’lum bo‘lgan, qiziqarli voqealar zanjiri kerak. Yaxshilab qarasa, Dostoyevskiy asarlarining aksariyati – detektivlardir.
Masalan “Jinoyat va Jazo” – bu shunchaki detektiv emas. Biz bir qotillikning guvohi bo‘lamiz, so‘ngra ushbu jinoyatning ochilishini guvohi bo‘lamiz hamda jinoyatchining pushaymon qilishini his qilamiz. Muallif bizni go‘yoki jinoyatchi tanasining ichiga solib qo‘ygandek tuyuladi...
© Sputnik / RIA NovostiGeorgiy Taratorkin v roli Raskolnikova
Georgiy Taratorkin v roli Raskolnikova
© Sputnik / RIA Novosti
Dostoyevskiy buni G‘arbda ana shunday uslubda yozilgan detektivlar paydo bo‘lishidan ancha oldin yozgan. Agata Kristining " Rodjer Ekroydning o‘ldirilishi" romani jinoyatni sodir etgan kishi nomidan yozilgan birnchi asar bo‘lgan edi.
Mukammal yozuvchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan Dostoyevskiy jinoyatchi obrazini shunchalik mahorat bilan tasvirlaydi-ki, o‘quvchi Raskolnikovning his-hayajonga boy ichki dunyosini o‘zida his qiladi, unga rahmi keladi va qariyani nima sababdan o‘ldirganini juda yaxshi tushunadi.
Yozuvchining boshqa asarlarini o‘qigan odam ham xuddi ana shunday his qiladi: “Telba”da – biz voqealar ketma-ketligi qotil Rogojinnni qay tarzda ortga qaytmas nuqtaga olib kelganini ko‘ramiz. “Jinlar”da esa terrorchi guruh a’zolari bilan yaqindan tanishamiz. “Aka-uka Karamazovlar” esa – ideal tuzilgan sud detektiv - har bir qahramonda o‘z otasi qotili bo‘lish uchun yetarlicha motivatsiya bor.
© Sputnik / RIA NovostiYuriy Yakovlev v roli knyazya Mishkina na syemkax kinofilma "Idiot".
Yuriy Yakovlev v roli knyazya Mishkina na syemkax kinofilma "Idiot".
© Sputnik / RIA Novosti
Albatta, tajribali adabiyotshunos bunday nuqtayi nazarni mensimasligi yoki kni yuzaki deb atashi mumkin. Chunki Dostoyevskiy asarlarida har doim ma’naviy qadriyatlar voqelikdan ustun turgan.
Lekin har qanday o‘quvchi kitob o‘qiganda birinchi navbatda sujet ortidan boradi, muallifning chuqur mulohazalari esa unga keyinchalik asta-sekin ochiladi. Sujet yaratishda Dostoyevskiyning ustaligiga esa umuman hech kim shubha qilmaydi.
Yozuvchining o‘zi ham buni juda yaxshi bilgan va o‘z zamondoshlari orasidagi raqiblari bilan ba’zida o‘z asarlarida “hisob-kitob” qilgan. Ana shunda ko‘z oldimizda mutlaq notanish bo‘lgan o‘tkir tilli satirachi Dostoyevskiy paydo bo‘ladi. Masalan, uning”Timsoh” nomli hikoyasini olaylik – juda kulguli hikoya. Unda bir kichik amaldor hayvonot bog‘iga boradi va u yerda timsohning shu qadar jig‘iga tegadiki oxir oqibat timsoh uni yutib yuboradi. Timsohning qorniga tushgan amaldor u yerda o‘zini juda yaxshi his qiladi va o‘sha yerdan turib gaplasha boshlaydi.
Xuddi shunday oriqqina, “ushlagan joyini uzib oluvchi” ko‘zoynakli amaldor obrazida Dostoyevskiyning zamondoshlari Chernishevskiyga parodiyani ko‘rishadi. Yozuvchi esa bu ayblovlarni rad etib hech kimni nazarda tutmaganini aytadi.
© Sputnik / V. KiselevPortret Chernishevskogo
Portret Chernishevskogo
© Sputnik / V. Kiselev
Balkim haqiqatdan ham bu Chernishevskiy bo‘lmagan, ehtimol o‘sha vaqtlarda ham real hayot haqida yaxshi bilmasdan turib g‘arbiy turmush tarzini maqtab hammaga aql o‘rgatadigan maydakash amaldorlarning qandaydir yig‘ma obrazi bo‘lgan. Yozuvchi qahramoni ham timsoh qornidan sog‘ omon chiqib yana hammaga aql o‘rgatishda davom etadi.
Dramaturg va adabiyotshunos Yuriy Tinyanov Dostoyevskiy asarlarida hatto qariya Gogolning ham parodiyasini topgan. Dostoyevskiy uni mashhur Foma Opiskin obrazida aks ettirgan.
© Sputnik / Yuriy KaverPortret pisatelya N.V.Gogolya
Portret pisatelya N.V.Gogolya
© Sputnik / Yuriy Kaver
FomaOpiskin – “Stepanchikovo qishlog‘i va unda yashovchilar” asarining qahramoni. U o‘zini juda yaxshi ko‘radi, hammaga yashashni o‘rgatadi, bir vaqtlar yozuvchi bo‘lishni orzu qilgan, lekin tanqidga uchrab hech nimaga erisha olmagan. Shundan beri har qanday muvaffaqiyatni ko‘rganda o‘zidan zahar chiqaradigan bo‘lib qolgan kishi. Ayrimlar ushbu obrazda qarigan Gogolni ko‘rishlari bejiz emas. Adabiyotshunoslar yoshlikda Gogolning muxlisi bo‘lgan Dostoyevskiy ushbu asarini yozganidan so‘ng unda “Gogol davri tugagan” deyishadi.
Yoki “Jinlar” asarida yozuvchi Karmazinov obrazi. Bunda qahramon o‘zining "Merci" hikoyasini o‘qib beradi. Unda juda ko‘p tabiat manzaralari, birinchi muhabbat haqidagi xotiralar, turli xorijiy bastakorlarning ismlari sanab o‘tilgan. Bu obrazda ko‘pchillik Ivan Turgenev karikaturasini ko‘rishadi.
Dostoyevskiy va Turgenev munosabatlari oddiy bo‘lmagan. Ular omma oldida o‘zaro kelishmovchiliklarni namoyish qilishmasa-da, adabiyot sohasida bir-birlarini tanqid qilib turishgan. Bir safar Dostoyevskiy Turgenevdan qarta o‘yinida yutqazgan Dostoyevskiyga qarz ham berib turgan. Dostoyevskiy esa karzni juda kech qaytargan. Lekin “Jinlar” asarini o‘qigan Turgenev Karmazinov obrazi unga karikatura qilinganini payqaydi va Dostoyevskiy bilan munosabatlari yanada buziladi. Lekin Dostoyevskiy munosabatlarni yaxshilashga urinadi.
Fodor Dostoyevskiy biografiyasining ushbu tomonlari unda yanada chuqur va yorqin klassik yozuvchi obrazini yaratadi. Bunda biz u bilan nafaqat “ommaviy aql o‘rgatuvchi va nashatgo‘y” obrazida, balkim biroz xayol surayotgan, yorqin va o‘tkir so‘zli yozuvchi sifatida tanishamiz.
© Sputnik / RIA NovostiPortret I.S. Turgeneva bratyev Kurnakovix (reproduksiya)
Portret I.S. Turgeneva bratyev Kurnakovix (reproduksiya)
© Sputnik / RIA Novosti
Dostoyevskiyning o‘z zamondoshlariga biroz noqulay, bahsli va tushunish qiyin bo‘lgan obrazi uning bugungi kunda ham eskirmayotgan dolzarbligidan darak beradi. Yozuvchi ijodining shunday qatlamlari borki, ularni o‘rganish uchun yangi izlanishlar yangi o‘quvchilar diqqati va albatta tushunish kerak.
Bizda bugun ham Dostoyevskiy ijodida kashf qilishimiz mumkin bo‘lgan, u bilan bahslashishimiz mumkin bo‘lgan mavzular bor. Yozuvchining o‘zi ham bunga har doim tayyor bo‘lgan va tanqidiy qarashlardan o‘zini chetga tortmagan. Undan tashqari yozuvchi ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z asarlarida javob berish imkoniga ega bo‘lgan. Sujet ustasi, yana nima ham deyish mumkin!