https://oz.sputniknews.uz/20211112/hududlarda-tibbiyot-muassasalari-zamonaviy-uskunalar-bilan-jihozlanadi-21325768.html
Hududlarda tibbiyot muassasalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi
Hududlarda tibbiyot muassasalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Hududlarda tibbiyot muassasalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi. 12.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-12T11:24+0500
2021-11-12T11:24+0500
2021-11-12T11:24+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tibbiyot muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1036/47/10364761_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f57451908ccfd5c4289065779747a6c5.jpg
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. “Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga muvofiq, davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalari uchun Moliya vazirligi talabnomalariga asosan 2021–2022 yillarda 100 mln AQSh dollarigacha ekvivalentdagi milliy valyutada yillik 2 foiz stavkada kredit mablag‘lari ajratiladi. Bunda, ushbu mablag‘lar talabnomalar taqdim etilgan sanadan boshlab 3-yil muddatgacha beriladi.Shunga ko‘ra, mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan talabnomalariga hamda belgilangan stavkaga ko‘ra qaytarish sharti bilan 3-yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ularga budjet ssudasi sifatida ajratiladi.Har bir hudud va muassasa kesimida tibbiy uskunalarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, tegishli ro‘yxatga asosan tibbiy uskunalar xarid qilinadi.Tibbiy uskunalarni xarid qilish bo‘yicha texnik topshiriqlar va tender hujjatlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi.Qarorga ko‘ra, hokimliklar hududlardagi tibbiyot muassasalari mutaxassislarining yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish maqsadida Markazda kompleks ekspertizadan o‘tkazish sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishi mumkin.Qaror bilan Davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20211111/behzod-musaev-yangi-sogliqni-saqlash-vaziri-boldi-21312247.html
https://oz.sputniknews.uz/20211019/byudjet-2022-kelgusi-yilda-talim-va-tibbiyotga-qancha-mablag-ajratilishi-malum-boldi-20965358.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1036/47/10364761_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1705bc46293334260195f2ba2a6efbff.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, tibbiyot muassasi
jamiyat, o‘zbekiston, tibbiyot muassasi
Hududlarda tibbiyot muassasalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi
Hududlarda tibbiyot muassasalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. “Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalari uchun Moliya vazirligi talabnomalariga asosan 2021–2022 yillarda 100 mln AQSh dollarigacha ekvivalentdagi milliy valyutada yillik 2 foiz stavkada kredit mablag‘lari ajratiladi. Bunda, ushbu mablag‘lar talabnomalar taqdim etilgan sanadan boshlab 3-yil muddatgacha beriladi.
Shunga ko‘ra, mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan talabnomalariga hamda belgilangan stavkaga ko‘ra qaytarish sharti bilan 3-yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ularga budjet ssudasi sifatida ajratiladi.
Har bir hudud va muassasa kesimida tibbiy uskunalarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, tegishli ro‘yxatga asosan tibbiy uskunalar xarid qilinadi.
Tibbiy uskunalarni xarid qilish bo‘yicha texnik topshiriqlar va tender hujjatlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi.
Qarorga ko‘ra, hokimliklar hududlardagi tibbiyot muassasalari mutaxassislarining yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish maqsadida Markazda kompleks ekspertizadan o‘tkazish sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishi mumkin.
Qaror bilan Davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.