Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati qayta tiklandi

© Sputnik / Vadim ShekunVoditelskoe udostoverenie Uzbekistana
Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2021
Obuna bo‘lish
Haydovchilik guvohnomalarini Davlat xizmatlari markazlari orqali almashtirish xizmati yana ishga tushdi.
TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmati qayta tiklandi. Bu haqida Davlat Xizmatlari agentligi xabar qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha soat oldin texnik muammolar tufayli haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar qilingan edi.
Ma’lumot uchun, ushbu xizmatdan foydalanish uchun IIBB YHXB bo‘limlariga yoki Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin. Markazlar shanba, yakshanba va bayram kunlaridan tashqarisoat 09:00dan 15:00gacha ishlaydi.
Yangiliklar lentasi
0