Dam olish kuni O‘zbekiston ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

© pixabayDevushka idet pod silnim dojdem
Devushka idet pod silnim dojdem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2021
Obuna bo‘lish
Turkmaniston hududlaridan biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 12-noyabr, juma kuni quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib, harorat 16-18 darajagacha ko‘tariladi, shanba kuni esa bulutlilik ko‘payadi va buning hisobiga harorat biroz pasayadi, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.
Pilnaya burya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Chang miqdori eng yuqori bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi
Yakshanba, 14-noyabr kuni Turkmaniston hududlaridan biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Kechasi havo harorati 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, lekin kunduzi sezilarli darajada sovuqlashadi. Harorat kunduzi 8-13 daraja iliqdan oshmaydi.
Yangiliklar lentasi
0