“5 yil qochib yurgan”: qotillikda gumonlangan o‘zbekistonlik Qirg‘izistonda qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator
Sledstvenniy izolyator  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘izistonda 5-yildan beri yashirinib yurgan — o‘z vatanida u qotillikda gumon qilinmoqda.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘z vatanida qotillikda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston mamlakta IIV matbuot xizmatiga asosan.
2016 yildan beri O‘zbekiston fuqarosi X.S. (1983 yilda tug‘ilgan) Qirg‘iziston hududida migratsiya qonunchiligini buzgan holda noqonuniy ravishda yashab kelgan.
Podozrevayemiy v sude - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Qirg‘izistonda “Hizb ut-Tahrir”* liderlaridan biri ushlandi: u O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan
“Aniqlanishicha, X.S. qasddan odam o‘ldirishni sodir etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlaridan yashirinib yurgan, davlatlararo qidiruvda bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
Qo‘lga olingan shaxs Bishkek Ichki ishlar bosh boshqarmasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirildi. Uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0