Turkiy ildizlar tomon: ko‘chmanchilar, cho‘ponlar, o‘tov va ertaklar – fotoreportaj
Turkiy ildizlar tomon: ko‘chmanchilar, cho‘ponlar, o‘tov va ertaklar – fotoreportaj
Sputnik O‘zbekiston
“Katta Oltoy”ning turk-mo‘g‘ul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi o‘xshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi olimlari Qirg‘izistonning 16ta qishloq... 11.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
Bir necha davlatlar olimlarni birlashtirgan birinchi etngrafik ekspeditsiya turkiy tilli millatlar ko‘chmanchilik madaniyati bilan bog‘liq chuqur tarixiy-madaniy aloqalarni o‘rgandi.Ushbu ekspeditsiyaning eng yorqin lahzalarini fotolentamizda tomomosha qiling. Uni tayyorlashda Oltoy Davlat Universitetining “Katta Oltoy” oltoychilik va turkologiya ilmiy-ta’lm markazi, J. Balasagin nomidagi Qirg‘iziston Milliyo universiteti, Qirg‘iz Respublikasining Milliy Ilmiy Akademiyasi huzuridagi B. Djamgerchinov nomidagi Tarix, arxeologiya va etnologiya instituti yordam berdi.Turkiy millatlarning chorvachilikka asoslangan turmush tarzi umumiy madaniy-genetik fond bilan bog‘liq. Turli xil hayvonlardan iborat katta poda boqish odati bugun ham saqlanib qogan. Bu an’anaviy ovqatlanish tizimining barqarorligini ta’minlaydi. Bu haqida etnografik tavsiflarda XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida ham ma’lum bo‘lgan.Qirg‘iziston Respublikasining shimoliy hududlarida— Isssq-Ko‘l va Narin viloyatlarida — chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi oilalar ulushi juda katta. Yuqori tog‘ bag‘irlarida joylashgan yaylovlar Qirg‘iziston va qo‘shni hududlar uchun go‘sht va sut mahsulotlari manbaalari hisoblanadi.Shuningdek chorva jun manbai ham, undan kigiz yasaladi. Odatda kigizdan o‘tov qurishda foydalaniladi. Turkiy millatlarda undan hozirgacha foydalanib kelinmoqda.Chorvachilar bugun ham yuqori tog‘ sharoitlarida o‘tovlarda yashaydi. Chunki u yerlarda boshqa xil turar joy qurishning imkoni yo‘q. Undan tashqari o‘tovlarni ba’zan shahar va qishloqlarda ham uchratish mumkin. Undan qo‘shimcha uy yoki bayram bezagi sifatida foydalaniladi. Jumladan O‘zbekistonda ham.“O‘zbekistonda ko‘chmanchilik an’analari ajdodlarning badavlat xotirasi sifatida e’zozlanadi. Shu sababli ham o‘tovlar bugun ham Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Qashqadaryoda uchrab turadi”, - deydi Mirzo ulug‘bek nomidagi universitet professori, filologiya fanlari doktori Yakutxon Mamatova.Bugungi kunda Qirg‘izistondagi Kizil-Tuu qishlog‘i o‘tov yasash markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ustalar qishlog‘i nafaqat Qirg‘izistonda balkim undan tashqarida ham mashhur.Turkiy millatlar kigiz yordamida nafaqat o‘tovlarni issiq saqlash balkim undan gilamlar yasash bilan shug‘ullanishgan. Bu ish bilan, eski an’analarga muvofiq, asosan ayollar shug‘ullanishadi.2012 yilda YuNESKO qirg‘iz kigiz kilamlari— shirdakini — Insoniyat nomoddiy madaniy ma’rosi ro‘yxatiga kiritgan edi.Turkiy millatlarning yana bir madaniy me’rosi bu dostonlar – qo‘shiq uslubida ayiladigan qadimiy rivoyatlar. Ularda odatla o‘rta asrlar davrida sodir bo‘lgan turli voqealar, boshqa qabilalar bilan kurash va o‘z vataniga ega bo‘lish haqidagi voqealar hikoya qilinadi. Qirg‘izistonda bunday asarlar “Manas” deyiladi.Qadimiy rivoyatlar aytuvchisi – qirg‘iz, qozoq, o‘zbek, oltoy va boshqa millatlarda yuqori obro‘ga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi. Odatda xalq orasida ularni kelajakni biladigan va g‘ayrioddiy qobiliyatlar egasi deb hisoblashadi.Ekspeditsiyaning birinchi natijalarini OltDUda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Xalqaro oltoychilik forumida keltirildi.“Katta Oltoy”ning turk-mo‘g‘ul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi o‘xshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi Rossiya Fan va oltiy ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.
“Katta Oltoy”ning turk-mo‘g‘ul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi o‘xshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi olimlari Qirg‘izistonning 16ta qishloq manzilgohlarida bo‘lib, kigiz gilam to‘quvchilari, doston aytuvchilar bilan tanishishdi.
Bir necha davlatlar olimlarni birlashtirgan birinchi etngrafik ekspeditsiya turkiy tilli millatlar ko‘chmanchilik madaniyati bilan bog‘liq chuqur tarixiy-madaniy aloqalarni o‘rgandi.
“Katta Oltoyda turkiy millatlar tug‘ilishi va shakllanishi, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va aralashuvi sodir bo‘lgan. Buning oqibatida ushbu millatlarning bugungi hayoti, urf-odatlarida, ovqatlanishida, oilaviy munosabatlarida, davlat boshqaruv uslublarida – umumiy jihatlarini topish mumkin. Bu qirg‘iz, oltoylik, qozoq va azaliy sibirlikni bir-biriga deyarli qarindosh qiladi”, - deydi “Katta Oltoy” ilmiy-ta’lim markazi rahbari, OltDU prezidenti Sergey Zemlyukov.
Ushbu ekspeditsiyaning eng yorqin lahzalarini fotolentamizda tomomosha qiling. Uni tayyorlashda Oltoy Davlat Universitetining “Katta Oltoy” oltoychilik va turkologiya ilmiy-ta’lm markazi, J. Balasagin nomidagi Qirg‘iziston Milliyo universiteti, Qirg‘iz Respublikasining Milliy Ilmiy Akademiyasi huzuridagi B. Djamgerchinov nomidagi Tarix, arxeologiya va etnologiya instituti yordam berdi.
Turkiy millatlarning chorvachilikka asoslangan turmush tarzi umumiy madaniy-genetik fond bilan bog‘liq. Turli xil hayvonlardan iborat katta poda boqish odati bugun ham saqlanib qogan. Bu an’anaviy ovqatlanish tizimining barqarorligini ta’minlaydi. Bu haqida etnografik tavsiflarda XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida ham ma’lum bo‘lgan.
Qirg‘iziston Respublikasining shimoliy hududlarida— Isssq-Ko‘l va Narin viloyatlarida — chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi oilalar ulushi juda katta. Yuqori tog‘ bag‘irlarida joylashgan yaylovlar Qirg‘iziston va qo‘shni hududlar uchun go‘sht va sut mahsulotlari manbaalari hisoblanadi.
Shuningdek chorva jun manbai ham, undan kigiz yasaladi. Odatda kigizdan o‘tov qurishda foydalaniladi. Turkiy millatlarda undan hozirgacha foydalanib kelinmoqda.
Chorvachilar bugun ham yuqori tog‘ sharoitlarida o‘tovlarda yashaydi. Chunki u yerlarda boshqa xil turar joy qurishning imkoni yo‘q. Undan tashqari o‘tovlarni ba’zan shahar va qishloqlarda ham uchratish mumkin. Undan qo‘shimcha uy yoki bayram bezagi sifatida foydalaniladi. Jumladan O‘zbekistonda ham.
“O‘zbekistonda ko‘chmanchilik an’analari ajdodlarning badavlat xotirasi sifatida e’zozlanadi. Shu sababli ham o‘tovlar bugun ham Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo va Qashqadaryoda uchrab turadi”, - deydi Mirzo ulug‘bek nomidagi universitet professori, filologiya fanlari doktori Yakutxon Mamatova.
Bugungi kunda Qirg‘izistondagi Kizil-Tuu qishlog‘i o‘tov yasash markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ustalar qishlog‘i nafaqat Qirg‘izistonda balkim undan tashqarida ham mashhur.
“Turkiy millatlarda o‘z-o‘zini anglash, etnik madaniyat gullashi keskin oshib bormoqda va ular bu dunyoda o‘z o‘rnini izlamoqda. O‘tov, gilam va boshqa narsalar ishlab chiqarish zamonaviy sharoitlarga, zamonaviy bozor va turizm sohasiga moslashmoqda. Shunday qilib, sohaning qayta tug‘ilishi va davom etishi uchun imkon yaratilmoqda”, - deydi “Katta Oltoy” ITM ekspeditsiyasi tashkilotchisi AltDU Tarix va xalqaro munosabatlar instituti direktori Ivan Nazarov.
Turkiy millatlar kigiz yordamida nafaqat o‘tovlarni issiq saqlash balkim undan gilamlar yasash bilan shug‘ullanishgan. Bu ish bilan, eski an’analarga muvofiq, asosan ayollar shug‘ullanishadi.
2012 yilda YuNESKO qirg‘iz kigiz kilamlari— shirdakini — Insoniyat nomoddiy madaniy ma’rosi ro‘yxatiga kiritgan edi.
Turkiy millatlarning yana bir madaniy me’rosi bu dostonlar – qo‘shiq uslubida ayiladigan qadimiy rivoyatlar. Ularda odatla o‘rta asrlar davrida sodir bo‘lgan turli voqealar, boshqa qabilalar bilan kurash va o‘z vataniga ega bo‘lish haqidagi voqealar hikoya qilinadi. Qirg‘izistonda bunday asarlar “Manas” deyiladi.
Qadimiy rivoyatlar aytuvchisi – qirg‘iz, qozoq, o‘zbek, oltoy va boshqa millatlarda yuqori obro‘ga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi. Odatda xalq orasida ularni kelajakni biladigan va g‘ayrioddiy qobiliyatlar egasi deb hisoblashadi.
“O‘zbekistonda sobiq ko‘chmanchilar hayoti va turmush tarzini o‘rganishga qaratilgan keng ko‘lamli izlanishlar hali o‘tkazilmagan. Ilmiy va amaliy jihatdan bunday izlanish juda katta shov-shuvga sabab bo‘lishi ham mumkin. Amaliy jihatdan esa tarixiy-madaniy va maishiy-xo‘jalik ko‘nikmalardan bugun ham foydalanish mumkin bo‘lardi. Ayniqsa bunga ehtiyoj bo‘lgan hududlarda va turistik maqsadlarda. Sayyohlar nafaqat xorijiy balkim boshqa hududlardan kelgan mahalliy turistlar ham bo‘lishi mumkin. Ular uchun ko‘chmanchi turmush tarzi to‘liq ekzotika bo‘ladi”, — deydi Plexanov nomidagi RIUning Toshkent filiali dotsenti falsafa fanlari nomzodi Ravshan Nazarov.
Ekspeditsiyaning birinchi natijalarini OltDUda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi Xalqaro oltoychilik forumida keltirildi.
“Katta Oltoy”ning turk-mo‘g‘ul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi o‘xshashlik va xilma-xilliklari” xalqaro loyihasi Rossiya Fan va oltiy ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.