Toshkentdagi klinika mansabdorlari qariyb 600 mln so‘mni o‘marishgani aniqlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaStroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnisi v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti
Stroitelstvo spetsializirovannoy mnogoprofilnoy bolnisi v Zangiatinskom rayone Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2021
Obuna bo‘lish
Klinika faoliyatida jami 9 mlrd 747 mln 598 ming so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan
TOShKENT, 11 noya – Sputnik. SSV tizimidagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasida 600 million so‘mga yaqin pul talon-toroj qilingani fosh etildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, o‘rganishlarda klinika mansabdor shaxslari va xodimlari budjet mablag‘larini maqsadsiz sarf qilib, talon-taroj qilishgani aniqlangan. Aslida ishlamagan xodimlarga maosh to‘langan. Tibbiyot texnikalaridan foydalanish, pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar maqsadsiz sarflangan. Davlat xaridlarini amalga oshirishda bir qator qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yilgan.
O‘rganish yakunida klinika faoliyatida jami 9 mlrd 747 mln 598 ming so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan 586 million 798 ming so‘mlik budjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Ko‘p tarmoqli klinika mansabdorlariga nisbatan JKning o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Prokuratura organlari dastlabki tergov harakatlarini olib borishmoqda.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Yil davomida vazirliklarning budjet pullarini o‘marishlari 3 barobar ko‘paygan
Yangiliklar lentasi
0