https://oz.sputniknews.uz/20211110/vaqf-xayriya-fondi-oz-mablagining-asosiy-qismini-nimaga-sarflagani-malum-boldi-21296717.html
"Vaqf" fondi mablag‘larning asosiy qismini nimaga sarflagani ma’lum bo‘ldi
"Vaqf" fondi mablag‘larning asosiy qismini nimaga sarflagani ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
"Vaqf" xayriya jamoat fondi so‘nggi 3-yil mobaynida o‘z mablag‘larining asosiy qismini masjid xodimlarini moddiy qo‘llab quvvatlashga sarflagan. "Vaqf" fondi fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari asosida to‘planadi.
2021-11-10T16:03+0500
2021-11-10T16:03+0500
2021-11-10T16:24+0500
jamiyat
masjid
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/817/70/8177087_0:39:1201:714_1920x0_80_0_0_9be375d8077fbf207c44a5c5ecf16725.jpg
TOShKENT, 10 noya – Sputnik. "Vaqf" xayriya fondi o‘z mablag‘larining asosiy qismini pandemiya vaqtida masjidlar xodimlariga moddiy yordam uchun sarflagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda fond axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov ma’lum qildi.Xabarda aytilishiga ko‘ra, "Vaqf" xayriya fondi 2018-yilda o‘z faoliyatini boshlagandan bugunga qadar jami 74,9 milliard so‘m mablag‘ni masjidlar qurilishi, ta’mirlanishi va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilgan.Undan tashqari aholining diniy-ma’rifiy ilmlarini oshirish va masjidlardagi kutubxonalarni yanada boyitish maqsadlariga 2,95 mlrd. so‘m sarflangan. Ma’lumot uchun, "Vaqf" xayriya fondi O‘zbekiston prezidentining 2018-yilda imzolangan 5416-sonli farmoniga asosan tashkil qilingan edi. Ushbu farmonga asosan "Vaqf" xayriya fondi fuqarolarning diniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish bilan birga milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash va obodonlashtirishga sarflanishi kerak. Undan tashqari fond hisobidan masjidlada faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarga maosh to‘lash, namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan uy-joylarni sotib olib, tekinga berish kabi xarajatlar nazarda tutilgan.Vaqf" xayriya jamoat fondi mablag‘lari fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari asosida to‘planadi.
https://oz.sputniknews.uz/20191014/Vaf-fondi-Termizda-memonkhona-ochdi-12614464.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/817/70/8177087_0:0:1067:800_1920x0_80_0_0_6c4d0b26261226cd6a67a3c0c2615825.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vaqf fonda xayriya zakot xarajat imom-xatib
vaqf fonda xayriya zakot xarajat imom-xatib
"Vaqf" fondi mablag‘larning asosiy qismini nimaga sarflagani ma’lum bo‘ldi
16:03 10.11.2021 (yangilandi: 16:24 10.11.2021) "Vaqf" xayriya fondi mablag‘larining asosiy qismini pandemiya vaqtida masjidlar xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashgan sarflagan.
TOShKENT, 10 noya – Sputnik. "Vaqf" xayriya fondi o‘z mablag‘larining asosiy qismini pandemiya vaqtida masjidlar xodimlariga moddiy yordam uchun sarflagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda fond axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov
ma’lum qildi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, "Vaqf" xayriya fondi 2018-yilda o‘z faoliyatini boshlagandan bugunga qadar jami 74,9 milliard so‘m mablag‘ni masjidlar qurilishi, ta’mirlanishi va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilgan.
65,8 mlrd. so‘m - 2090ta masjidlarda mehnat qilayotgan imom-xatib, imom noibi, mutavalli, muazzin, qorovul va boshqa texnik xodimlarga moddiy yordam uchun sarflangan;
6,97 mlrd. so‘m - “moliyaviy nochor, kam daromadli masjid imom-xatiblari uchun 2018-yildan uzluksiz oylik maosh sifatida to‘lab berilgan”.
5,2 mlrd. so‘m - o‘tgan 3-yil davomida masjid qurish va ta’mirlash ishlariga jami ajratilgan.
Undan tashqari aholining diniy-ma’rifiy ilmlarini oshirish va masjidlardagi kutubxonalarni yanada boyitish maqsadlariga 2,95 mlrd. so‘m sarflangan.
Ma’lumot uchun, "Vaqf" xayriya fondi O‘zbekiston prezidentining 2018-yilda imzolangan 5416-sonli farmoniga asosan tashkil qilingan edi. Ushbu
farmonga asosan "Vaqf" xayriya fondi fuqarolarning diniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirish bilan birga milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash va obodonlashtirishga sarflanishi kerak.
Undan tashqari fond hisobidan masjidlada faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarga maosh to‘lash, namunaviy loyihalar bo‘yicha qurilayotgan uy-joylarni sotib olib, tekinga berish kabi xarajatlar nazarda tutilgan.
Vaqf" xayriya jamoat fondi mablag‘lari fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablag‘lari asosida to‘planadi.