https://oz.sputniknews.uz/20211110/sobiq-ittifoq-davlatlari-orasida-kim-eng-kop-vaktsina-olgan-21290113.html
Sobiq Ittifoq davlatlari orasida kim eng ko‘p vaksina olgan?
Sobiq Ittifoq davlatlari orasida kim eng ko‘p vaksina olgan?
Sputnik O‘zbekiston
Sobiq Ittifoq respublikalari orasida eng ko‘p vaksina olganlar - Boltiqbo‘yi respublikalari.
2021-11-10T10:45+0500
2021-11-10T10:45+0500
2021-11-10T10:45+0500
jamiyat
sobiq ittifoq
mdh
vaksina
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sputnik v vaksinasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/03/21207209_0:97:3297:1952_1920x0_80_0_0_db948f0781d958e5e1c29ae044b78787.jpg
TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Sobiq Ittifoq respublikalari orasida aholisi eng ko‘p vaksina olgan davlatlar - Boltiqbo‘yi respublikalari ekan. Xabarda aytilishiga ko‘ra Litva, Estoniya va Latviya aholisining 56 - 65 % emlangan. Bunga sabab - ushbu respublikalarda davlat ishchilari, xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari uchun emlash majburiy deb belgilangan. Undan tashqari emlanishdan voz kechgan xodimlarni ishdan bo‘shatishga ruxsat berilgan.Emlanish darajasi yuqori bo‘lsa-da Boltiqbo‘yi respublikalarida koronavirusdan davolash yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Umuman ushbu davlatlarda tibbiyot ahvoli yaxshi emas, shifokorlar yetishmaydi. Bu yerda COVID-19dan o‘lim holatlari Yevropa bo‘yicha eng yuqoridir. Ikkinchi o‘rinda - Ozarbayjon va Qozog‘iston respublikalari. Bu yerda aholining 50%dan ortig‘i emlangan. Rossiya uchinchi qatordan o‘rin olgan - 34,4 %. O‘zbekistonda - 21 %dan ortiqroq, lekin aytish joizki bu to‘liq emlanganlar soni. O‘zbekistonda aholining asosiy qismi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlangan. Ushbu vaksina 3 komponentlidir. Ya’ni emlash uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. O‘zbekiston hukumati 2021-yil oxiriga qadar aholining 80 %ini kamida bitta vaksina bilan emlashri rejalashtirgan. Bugungi kunda ushbu ko‘rsatgich 69,1 %ni tashkil qilmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, kollektiv immunitet paydo bo‘lishi uchun aholining kamida 70% emlangan bo‘lishi kerak.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/03/21207209_283:0:3014:2048_1920x0_80_0_0_f6de6f71555074a401bae061cd9a0001.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh, sobiq ittifoq, sng, vaksina, reyting
mdh, sobiq ittifoq, sng, vaksina, reyting
Sobiq Ittifoq davlatlari orasida kim eng ko‘p vaksina olgan?
Aholisi eng ko‘p vaksina olgan davlatlar Boltiqbo‘yi respublikalari, ikkinchi o‘rinda - Qozog‘iston va Ozarbayjon.
TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Sobiq Ittifoq respublikalari orasida aholisi eng ko‘p vaksina olgan davlatlar - Boltiqbo‘yi respublikalari ekan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra Litva, Estoniya va Latviya aholisining 56 - 65 % emlangan. Bunga sabab - ushbu respublikalarda davlat ishchilari, xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari uchun emlash majburiy deb belgilangan. Undan tashqari emlanishdan voz kechgan xodimlarni ishdan bo‘shatishga ruxsat berilgan.
Emlanish darajasi yuqori bo‘lsa-da Boltiqbo‘yi respublikalarida koronavirusdan davolash yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Umuman ushbu davlatlarda tibbiyot ahvoli yaxshi emas, shifokorlar yetishmaydi. Bu yerda COVID-19dan o‘lim holatlari Yevropa bo‘yicha eng yuqoridir.
Ikkinchi o‘rinda - Ozarbayjon va Qozog‘iston respublikalari. Bu yerda aholining 50%dan ortig‘i emlangan.
Rossiya uchinchi qatordan o‘rin olgan - 34,4 %.
O‘zbekistonda - 21 %dan ortiqroq, lekin aytish joizki bu to‘liq emlanganlar soni. O‘zbekistonda aholining asosiy qismi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan emlangan. Ushbu vaksina 3 komponentlidir. Ya’ni emlash uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston hukumati 2021-yil oxiriga qadar aholining 80 %ini kamida bitta vaksina bilan emlashri rejalashtirgan. Bugungi kunda ushbu ko‘rsatgich 69,1 %ni tashkil qilmoqda.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, kollektiv immunitet paydo bo‘lishi uchun aholining kamida 70% emlangan bo‘lishi kerak.