Chang bo‘ronidan keyin yomg‘ir birinchi qaysi hududlarda yog‘adi

© Sputnik / Evgeny Odinokov / Mediabankka o‘tishLyudi idut po ulitse vo vremya livnya v Moskve
Lyudi idut po ulitse vo vremya livnya v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar bugun qator viloyatlarda yog‘mir yog‘ishini prognoz qilishmoqda.
TOShKENT, 10 noya– Sputnik. Bugun, 10-noyabr kuni, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +10...+15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduz kuni havo +11...+13 daraja iliqgacha isiydi.
Tashkent izbavlyayetsya ot posledstviy buri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Toshkent changdan qanday yuvilmoqda - video
Tog‘li hududlarda bazi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston hududlarida 4-5 noyabr kuni kuchli chang bo‘roni kuzatilgan edi. O‘zgidromet soat atmosferada chang zarrachalari miqdori belgilanganidan 30 baravargacha oshganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0