Ko‘p piyoda yurganlarga pul endi kimning hisobidan to‘lab beriladi?

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishMarafon
Marafon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi (1hls.uz) qayta ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi orqali amalga oshiriladigan to‘lovlarni 2022-yil uchun Davlat budjeti parametrlariga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.
2022 yil 1-yanvardan boshlab Moliya vazirligi ko‘p piyoda yurganlarga beriladigan pullarni Davlat budjetidan to‘liq hajmda to‘lab berilishini ta’minlaydi.
Shuningdek, 2022-yil 1-yanvarga qadar “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi takomillashtiriladi. Unda masofani haqiqatda bosib o‘tganligini tasdiqlovchi mexanizmlar qayta ko‘rib chiqiladi.
Uchastnitsa marafona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Iyun oyida eng ko‘p yurganlarga qariyb 69 mln so‘m to‘lab berildi
Eslatib o‘tamiz, hozir platforma orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar alkogol (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etilgan yig‘imdan olinmoqda.
O‘zbekistonda “Sog‘lom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasi joriy yil 10 maydan test rejimida, 1-iyundan boshlab to‘liq ishga tushgan. Har oyda eng ko‘p yurgan shaxsga tuman (shahar) kesimida 300 ming so‘mdan, hudud kesimida 500 ming so‘mdan, respublika bo‘yicha 1 million so‘m qo‘shimcha ravishda pul o‘tkazib beriladi.
Joriy yilning iyun-avgust oylari davomida jami 206,7 mln so‘m foydalanuvchilar elektron hamoniga o‘tkazib berilgan.
Yangiliklar lentasi
0