https://oz.sputniknews.uz/20211109/kelgusi-yildan-40-yoshdan-oshganlar-yiliga-bir-marta-skriningdan-otadi---prezident--21282306.html
Kelgusi yildan 40 yoshdan oshganlar yiliga bir marta skriningdan o‘tadi - prezident
Kelgusi yildan 40 yoshdan oshganlar yiliga bir marta skriningdan o‘tadi - prezident
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev kardiologiya sohasini jiddiy isloh qilishni, kelgusi yildan mutlaqo yangi tizim joriy etilishini e’lon qildi. 09.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-09T18:01+0500
2021-11-09T18:01+0500
2021-11-09T18:01+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
tibbiyot muassasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21282279_0:0:3123:1757_1920x0_80_0_0_1a40213d3b5a6c3b499064dd90efbdc1.jpg
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. O‘zbekistonda kardiologiya sohasini jiddiy isloh qilish boshlandi. Bu haqida bugun prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum bo‘ldi.Xususan, quyidagi choralar ko‘riladi:Undan ashqari mahallalarda “gipertoniya salomatlik maktablari”, tashkil etiladi. Shuningdek, tuman laboratoriyalari koagulometr va zarur reaktivlar hamda yurak-qon tomir kasalliklari uchun "Enalapril" kabi dorilar bilan doimiy ravishda 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi. Shuningdek, tuman shifoxonalariga 4 turdagi kardiologiya uskunalari o‘rnatiladi: EKG, ExoKG, xolter-monitor va defibrillyator. Kardiologiya sohasiga ko‘rsatiladigan xizmatlar 5 tadan 15 taga oshiriladi. Buning uchun qo‘shimcha 60 milliard so‘m yo‘naltiriladi.Undan tashqari 14 mingdan ziyod tibbiyot brigadalari va oilaviy shifokorlar yurak kasalliklarini barvaqt aniqlash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitiladi. Shuningdek 15 ming nafar hamshiraning maxsus onlayn kurslarda o‘qitilishi ta’minlanadi;Kardiologiya va endikrinologiya sohalariga bunday jiddiy e’tibor berishning sababi Respubikada so‘nggi yillarda kuzatilayotgan ayanchli statistika bo‘lmoqda. Xususan, O‘zbekistonda 30-70 yoshli aholi orasida o‘lim holatlarining 53% - yurak-qon tomir kasalliklariga to‘g‘ri kelmoqda. Undan tashqari 40 yoshdan yuqori aholining 20-25 foizida gipertoniya alomatlari mavjud.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/09/21282279_394:0:3123:2047_1920x0_80_0_0_6f9d07c9692daba4880393b3d10c7a0f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, tibbiyot muassasi
jamiyat, shavkat mirziyoyev, tibbiyot muassasi
Kelgusi yildan 40 yoshdan oshganlar yiliga bir marta skriningdan o‘tadi - prezident
Shavkat Mirziyoyev kardiologiya sohasini jiddiy isloh qilishni, kelgusi yildan mutlaqo yangi tizim joriy etilishini e’lon qildi.
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. O‘zbekistonda kardiologiya sohasini jiddiy isloh qilish boshlandi. Bu haqida bugun prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum bo‘ldi.
"Yurak-qon tomir kasalliklarini barvaqt aniqlash, ularni oldini olish va davolash bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi”- dedi prezident.
Xususan, quyidagi choralar ko‘riladi:
kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi (jami 10 mln. kishi) oilaviy poliklinika va tibbiy brigadalar orqali yiliga kamida bir marta manzilli skriningdan o‘tkaziladi;
yurak-qon tomir kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri yuritiladi;
Undan ashqari mahallalarda “gipertoniya salomatlik maktablari”, tashkil etiladi. Shuningdek, tuman laboratoriyalari koagulometr va zarur reaktivlar hamda yurak-qon tomir kasalliklari uchun "Enalapril" kabi dorilar bilan doimiy ravishda 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi.
Kelgusi yildan kardiologiya sohasiga dori va tibbiy buyumlar uchun 580 milliard so‘m ajratiladi. Bu 2021-yildan 3 barobar ko‘p, deyilgan xabarda.
Shuningdek, tuman shifoxonalariga 4 turdagi kardiologiya uskunalari o‘rnatiladi: EKG, ExoKG, xolter-monitor va defibrillyator. Kardiologiya sohasiga ko‘rsatiladigan xizmatlar 5 tadan 15 taga oshiriladi. Buning uchun qo‘shimcha 60 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Undan tashqari 14 mingdan ziyod tibbiyot brigadalari va oilaviy shifokorlar yurak kasalliklarini barvaqt aniqlash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitiladi. Shuningdek 15 ming nafar hamshiraning maxsus onlayn kurslarda o‘qitilishi ta’minlanadi;
Kardiologiya va endikrinologiya sohalariga bunday jiddiy e’tibor berishning sababi Respubikada so‘nggi yillarda kuzatilayotgan ayanchli statistika bo‘lmoqda.
Xususan, O‘zbekistonda 30-70 yoshli aholi orasida o‘lim holatlarining 53% - yurak-qon tomir kasalliklariga to‘g‘ri kelmoqda. Undan tashqari 40 yoshdan yuqori aholining 20-25 foizida gipertoniya alomatlari mavjud.