O‘zlari qazigan choh: Yevropa Rossiyadan gaz bumerangini oldi

© AFP 2023 / JOE KLAMARGazovie trubi
Gazovie trubi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya gaziga bo‘lgan tobelikdan xalos bo‘lmoqchi bo‘lgan Yevropa muammolar girdobida qoldi.
TOShKENT, 9 noya – Sputnik. Natalya Dembinskaya. Uzoq yillar Yevropa Rossiyadan bo‘lgan gaz tobe’ligini kamaytirishga urindi. Asosiy vositalardan biri bozorni liberalizatsiya qilish bo‘ldi – shartnomalarni spot narxlariga biriktirish. Bu yaxshi ish berdi, biroq gaz yetgunicha va u neftdan arzonroq bo‘lguniga qadar. Endi ma’lum bo‘lishicha, G‘arb yanglishgan va bu uchun katta badal to‘lagan.

Bozorni isloh qilishdi

Ham “Janubiy oqim” (amalga oshirilmagan xalqaro loyiha Anapa tumanidan Bolgariyaning Varna portigacha Qora dengiz bo‘ylab gaz quvurini yotqizish) qurilishidan voz kechish, ham muqobil yetkazib beruvchilarga pul tikish, ham suyultirilgan tabiiy gaz importini kengaytirishga oid ulkan rejalar nazarda tutilgandi.
Vibori v Moldavii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2021
Moldova gaz uchun qarzini uzmasdan yangi shartnoma tuzishni so‘rayapti
Gaz bozorini liberalizatsiya qilish – bu avvalo narx belgilash mexanizmini o‘zgartirish. Ilgari shartnomalarning aksariyati neft kotirovkalariga bog‘langandi. 20-yil oldin Yevropada qaror qilishdiki: bundan voz kechmoq darkor. Muqobil – gaz xablaridagi narxlar. Bu, aslini olganda, bari talab va taklifga bog‘liq yoqilg‘i birjasi.
Niderlandiya va Buyuk Britaniyada xablar tashkil qilishdi. AQSh va Qatardan suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berilishini ko‘paytirishdi. 2008-yilgi global moliyaviy inqirozda xomashyo birdaniga arzonlashdi. Bu esa YeIning importni gazning spot narxiga bog‘lash ishtiyoqini mustahkamladi.
Shunday qilib, The WallStreet Journal nashrining ta’kidlashicha, yevropalik amaldorlar va kompaniyalar keyingi 10-yil ichida “Gazprom”ga muvaffaqiyat bilan bosim o‘tkazishgan”.
2019 yilga kelib Rossiya gigantining YeI bilan yarmidan ko‘p shartnomalari spot yoki forvard narxlariga asoslangan.

Strategiya ishdan chiqdi

Yevropa tantana qilgandi: “turli yetkazib beruvchilar raqobat qilayotgan yanada diversifikatsiya qilingan bozor paydo bo‘ldi”. Gaz neftdan arzonroq edi. Mustaqil energetik maslahatchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, YeI 70 milliard dollar tejab qolgan. Ammo bu yil hammasi o‘zgardi.
Gazning birja narxi uch yuz-to‘rt yuz foizga oshib ketdi. Uzoq muddatli shartnomalar bir necha oyga kechikishni inobatga olishadi. Lekin qo‘shimcha hajmlarni amaldagi kotirovkaga asosan xarid qilishga to‘g‘ri keladi, chunki shartnoma asosida tuzilganlari yetishmaydi.
Proxojie idut po Krasnoy ploshadi v Moskve.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Yevropada shaytonlash epidemiyasi: aybdor Rossiya
“Ruslar uzoq vaqt bizga aytishdi: bunday qila ko‘rmang, bu ahmoqlik, neftga bog‘langan narxlarni ushlang, - deya Jonatan Stern, Energetika tadqiqotlari Oksford instituti ilmiy xodimining so‘zlarini keltiradi WSJ. – Ular hak bo‘lishgan ekan”.
Strategiya gaz yetgan vaqtda ish bergan. Biroq tanqislik yuzaga kelishi va narxlar osmonga ko‘tarilishi bilanoq darhol ishdan chiqdi. Xalqaro energetika agentligi (XEA) hisob-kitoblariga ko‘ra, YeI 2021-yilda avvalgi qoidalarga qaraganda taxminan 30 millirad dollar ko‘proq to‘laydi.
Yevropalik amaldorlar bu muammoni qanday yechish borasida bosh qotirishmoqda. Lekin, WSJ ta’kidlashicha, ularning qo‘lidan unchalik ko‘p narsa kelmaydi, Rossiya yordam bermayapti-ku: Moskva shartnomada qancha belgilangan bo‘lsa, shuncha yetkazib berapti.
“Muqobil energetikaning jadallashtirilgan rivojlanishiga pul tikkan va “Gazprom”ning OPAL gaz quvuriga yo‘lishi to‘sgan Yevropa Ittifoqi hukumati energetika inqirozipni keltirib chiqirdi. Natijada Rossiyadan qazib olish tushib ketdi, “Gazprom” esa mutlaqo asosli ravishda uni ko‘paytirishga shoshilmayapti va xomashoni auksionlarda sotishni afzal bilmoqda”, - deya tushuntiradi mustaqil sanoat eksperti Leonid Xazanov.
Lekin strategiya saqlanib qolinmoqda. Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen oktabr boshida ta’kidlaganidek, yetkazib beruvchilarni diversifikatsiya qilish kerak hamda yanada tozaroq energiyaga o‘tishni tezlashtish darkor. “Yevropa bugun import gaziga o‘ta qaram bo‘lib qolgan, - dedi u. – Bu bizni zaif qiladi”.
Prezident RF Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2021
Putin: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan amerikaliklarning o‘zi jabr ko‘rdi
Boshqa manbalardan yetkazib berishni ko‘paytirish umidlari puchga chiqdi. YeIning o‘zida qazib olish Niderlandiyadagi Groningen konining tezda tugagani sabab tushib ketdi.

Vaziyatni boshqa yo‘singa solish

Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, Moskva qoidalarni qayta ko‘rib chiqmoqchi. Yevropaga spot narxlari bo‘yicha yetkazib berish foydaliroq bo‘lgan bo‘lardi, Rossiya uzoq muddatli shartnomalardan manfaatdor. Bu haqda Putin “Rossiya energetika haftasi” forumida ham gapirgandi.
“Germaniya bir ming kubini ikki, bir yarim ming emas, balki 250-230 dollardan olyapti. “Gazprom” hatto yo‘qotapti... Lekin ishlab chiqaruvchi shunga qaramasdan bu barqarorlikdan manfaatdor. Shu bois u biladiki, u eng kamida qandaydir hajmni qandaydir narxda sotadi, o‘shanda u tegishli ravishda o‘zining investitsion siyosatini yo‘lga qo‘yadi”, - dedi prezident.
“Uzoq muddatli shartnomalar barqaror yetkazish berish va shaffof baho belgilashni bir necha yilga ta’minlaydi, foyda ulardan hatto kam bo‘lsa ham, - deya tasdiqlaydi Xazanov. – Uzoq muddatli shartnoma spot dahmazasiga qaragandan foydaliroq”.
Uzoq muddatli shartnomalar sohaning o‘ziga xosligi sabab juda muhim – uzun investitsion davr, barcha bosqichlarda yuqori kapital xarajatlar, mavsumligini aniqligi va saqlash qiyinchiliklari. Yevropalik islohotchilar aynan shuni kesib tashlasha urinishdi. Natijada esa spekulyativ ralli olishdi, deydi Milliy energetika xavfsizligi jamg‘armasi bosh direktori o‘rinbosari Aleksey Grivach.
Achchiq tajribani inobatga olib, YeI eski tizimga qaytishga tayyorligini bildirishi mumkin. Ammo istisno qilinmaydiki, Rossiya monopolistining ularga na neft, na spot bilan bog‘liq narxlarni taklif qilib, yirik Yevropa kompaniyalar bilan kelishib olishi osonroq bo‘ladi.
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2021
Yevropada energetik inqiroz - kim aybdor?
Yangiliklar lentasi
0