Meksikalik qilichboz Paola Pliyego Mirziyoyev rasmi tushirilgan futbolkada ko‘rinish berdi

© Instagram/paolapliegoSportsmenka meksikanskogo proisxojdeniya, vistupayushaya za sbornuyu Uzbekistana Paola Pliyego priyexala v Buxaru
Sportsmenka meksikanskogo proisxojdeniya, vistupayushaya za sbornuyu Uzbekistana Paola Pliyego priyexala v Buxaru - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
Obuna bo‘lish
Meksikalik Paola Pliyego Mirziyoyev rasmi tushirilgan futbolkada ko‘rinish berdi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. 2019-yilda O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilib, mamlakat terma jamoasi safida musobalarda ishtirok etayotgan meksikalik qilichboz Paola Pliyego respublika qilichbozlik federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan fleshmobda ishtirok etdi.
Sportchilar, jumladan Paola Pliyego Shavkat Mirziyoyev rasmi tushirilgan futbolkalarda suratga tushishdi.
Federatsiyaning Instagram-profilida, shuningdek, sportchilar sahifalarida #bizningprezidentimiz va #insonqadriuchun xeshteglar ostida suratlar paydo bo‘ldi.
Paola Pliyego 1994-yilda Meksikada tug‘ilgan, qilichbozlik bo‘yicha Panamerika chempionatining bronza medali sovrindori, 2016-yilda esa Olimpiya o‘yinlaridagi doping mojarosi tufayli musobaqada qatnasha olmagan.
U 2019-yilda bu sport turi bo‘yicha O‘zbekiston nomidagi jahon chempionatida ilk marotaba ishtirok etdi va individual saralash bosqichidan o‘ta olmadi, 1/64 finalda meksikalik Natalya Botelloga 14:15 hisobda yutqazdi.
Yangiliklar lentasi
0