https://oz.sputniknews.uz/20211107/ozbekistonda-necha-kishi-sputnik-v-bilan-emlandi-21246048.html
O‘zbekistonda necha kishi “Sputnik V” bilan emlandi?
O‘zbekistonda necha kishi “Sputnik V” bilan emlandi?
Sputnik O‘zbekiston
Noyabr oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 274 ming nafardan ortiq aholi “Sputnik V” vaksinasi bilan turli bosqichlarda emlandi.
2021-11-07T11:58+0500
2021-11-07T11:58+0500
2021-11-07T11:59+0500
jamiyat
sputnik v vaksinasi
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/07/21246196_0:105:2675:1610_1920x0_80_0_0_8ef99c091c1d253a55e62d3240a882f2.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan beri 274 ming nafardan ortiq aholi “Sputnik V” vaksinasi bilan turli bosqichlarda emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Rossiyaning koronavirusga qarshi ikki komponentli “Sputnik V” vaksinasi ham O‘zbekistonga emlash jarayonlari boshlangan ilk oylarda keltirilgan. Bugunga kelib uning 498 406 dozasidan emlash jarayonlarida foydalanilgan. Shundan 274 821 dozasi 1-bosqichda, 223 585 dozasi 2-bosqichda qo‘llanilgan.Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlamlari orasida 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 138 651 doza, tibbiyot xodimlari — 86 763 doza, maktab o‘qituvchilari — 891 doza, maktabga ta’lim muassalari xodimlari — 188 doza, surunkali kasalligi bor fuqarolar — 146 494 doza bu vaksina bilan emlangan. Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qo‘llangan.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda emlash jarayonlarida 27,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan. Aholining 67,4 foizi vaksinaning birinchi dozasini olib ulgurgan.Avvalroq O‘zbekiston aholini emlash uchun bir komponentli “Sputnik Layt” vaksinasidan foydalanishga tayyorligini bildirgani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20211104/pandemiyaga-qarshi-ozbekcha-kurash-sirlari--eksklyuziv-intervyu-21223959.html
https://oz.sputniknews.uz/20211026/ozbekistonda-sputnik-v-qanday-ishlab-chiqarilmoqda-21093209.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/07/21246196_196:0:2480:1713_1920x0_80_0_0_5eb237eb3bf0b171cd08ebd77df4932d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sputnik v vaksinasi, o‘zbekistonda emlanish, sputnik bilan emlanish
sputnik v vaksinasi, o‘zbekistonda emlanish, sputnik bilan emlanish
O‘zbekistonda necha kishi “Sputnik V” bilan emlandi?
11:58 07.11.2021 (yangilandi: 11:59 07.11.2021) Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi O‘zbekistonga emlash jarayonlari boshlangan ilk oylarda keltirilgan.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan beri 274 ming nafardan ortiq aholi “Sputnik V” vaksinasi bilan turli bosqichlarda emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Rossiyaning koronavirusga qarshi ikki komponentli “Sputnik V” vaksinasi ham O‘zbekistonga emlash jarayonlari boshlangan ilk oylarda keltirilgan. Bugunga kelib uning 498 406 dozasidan emlash jarayonlarida foydalanilgan. Shundan 274 821 dozasi 1-bosqichda, 223 585 dozasi 2-bosqichda qo‘llanilgan.
Emlanishi ko‘zda tutilgan aholi qatlamlari orasida 65 yoshdan oshgan fuqarolar — 138 651 doza, tibbiyot xodimlari — 86 763 doza, maktab o‘qituvchilari — 891 doza, maktabga ta’lim muassalari xodimlari — 188 doza, surunkali kasalligi bor fuqarolar — 146 494 doza bu vaksina bilan emlangan. Vaksinaning qolgan qismi boshqa aholi qatlamlarida qo‘llangan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda emlash jarayonlarida 27,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan. Aholining 67,4 foizi vaksinaning birinchi dozasini olib ulgurgan.
Avvalroq O‘zbekiston aholini emlash uchun bir komponentli “Sputnik Layt” vaksinasidan foydalanishga tayyorligini bildirgani
xabar qilingan edi.