Ishsizlik nafaqasi qancha?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2021
Obuna bo‘lish
Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida to‘lanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–642, 20.10.2020 y) bilan ishsizlik nafaqasi miqdori oshirilgan.
O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha:
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) so‘nggi 12 oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHEKM – 822 ming so‘m)dan oz bo‘lmagan miqdorda;
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida;
ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
O‘zbekistonda eng kam maosh qancha?
Yangiliklar lentasi
0