Dunyoda birinchi davlat bolalarni koronavirusga qarshi emlashni majburiy etib belgiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishShpris
Shpris - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2021
Obuna bo‘lish
Kosta-Rika 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni majburiy emlashni 2022-yil mart oyida boshlashni rejalashtirgan.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Kosta-Rika 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlashni majburiy qilgan dunyoda birinchi mamlakat bo‘ldi, deb yozadi RIA Novosti.
“Bolalar va o‘smirlarning manfaatlarini ta’minlash tamoyiliga muvofiq <...> Emlash va epidemiologiya bo‘yicha Milliy komissiya barcha voyaga yetmaganlar uchun koronavirusga qarshi emlash majburiy bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qildi”, - deyilgan mamlakat SSV bayonotida.
Kosta-Rika 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni emlashni 2022-yil mart oyida boshlashni rejalashtirgan. Mamlakat SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 12-19 yoshdagi o‘smirlarning 73 foizi allaqachon kamida bitta doza bilan emlangan. Hukumat bolalarni emlash uchun Pfizer vaksinasining to‘rt millioncha dozasini xarid qiladi.

Uzbekskie epidemiologi Dilmurod Sabirovich Mirzabayev i Marufjon Madaminov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2021
COVID-19ni yengishda o‘zbekcha kurash sirlari – epidemiologlar bilan eksklyuziv intervyu
Rossiyada ham 12-17 yoshdagi o‘smirlar uchun “Sputnik V” vaksinasining tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. Tadqiqotlar bu vaksina bilan ikki marta emlanish yaxshi hujayra immunitetini shakllantirishga qodirligini ko‘rsatgan. Preparat o‘zining xavfsizligini ko‘rsatgan.
O‘zbekistonda 4-noyabr holatiga ko‘ra, 254 017 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlangan.
Yangiliklar lentasi
0