https://oz.sputniknews.uz/20211106/urgut-erkin-iqtisodiy-zonasi-yana-580-gektarga-kengaytiriladi-21241538.html
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi yana 580 gektarga kengaytiriladi
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi yana 580 gektarga kengaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Bu yerda zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan, tashqi va ichki bozorda talabgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqariladi. 06.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-06T15:54+0500
2021-11-06T15:54+0500
2021-11-06T15:54+0500
iqtisod
samarqand viloyati
urgut
prezident
qaror
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/10/18361648_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_efa23c37d8196e84251faa935db10920.jpg
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi yana 580 gektarga kengaytiriladi, bu haqida prezident tomonidan 5-noyabr kuni imzolangan yangi qarorda aytib o‘tilgan.Ushbu maydonlarda zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan, tashqi va ichki bozorda talabgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu hududda faoliyat yuritayotgan, innovatsion loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarga “Urgut” EIZi a’zosi maqomi beriladi.Samarqand qiloyati hokimligi Urgun EIZining yangi hududlari bosh rejalarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi topshirilgan.Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida Urgut tumani hududida joylashgan “Urgut” EIZi 2017-yilda tashkil etilgan edi. Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 402 million dollarlikdan ziyod 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. “Urgut” EIZida sun’iy tolalari gilamlar, kiyim-kechak, elektr plita va duxovkalar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Jami 4,5 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/10/18361648_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b6a326f4ec9e8eec4219bd5ba330b7e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, samarqand viloyati, urgut, prezident, qaror, investitsiya
iqtisod, samarqand viloyati, urgut, prezident, qaror, investitsiya
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi yana 580 gektarga kengaytiriladi
Bu yerda zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan, tashqi va ichki bozorda talabgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqariladi.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi yana 580 gektarga kengaytiriladi, bu haqida prezident tomonidan 5-noyabr kuni imzolangan yangi qarorda aytib o‘tilgan.
Erkin iqtisodiy zona hududini kengaytirishda davlat va jamoat foydalanuvida bo‘lgan yerlardan 580,8 gektarer maydon ajratib beriladi.
Ushbu maydonlarda zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan, tashqi va ichki bozorda talabgir bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu hududda faoliyat yuritayotgan, innovatsion loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarga “Urgut” EIZi a’zosi maqomi beriladi.
Samarqand qiloyati hokimligi Urgun EIZining yangi hududlari bosh rejalarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida Urgut tumani hududida joylashgan “Urgut” EIZi 2017-yilda tashkil etilgan edi. Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 402 million dollarlikdan ziyod 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. “Urgut” EIZida sun’iy tolalari gilamlar, kiyim-kechak, elektr plita va duxovkalar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Jami 4,5 mingdan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.