Toshkent sitida eng yirik avto ko‘rgazma boshlandi - video

© Tashkent siti/FacebookAvtomobilnaya vistavka v Tashkent siti
Avtomobilnaya vistavka v Tashkent siti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2021
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada zamonaviy avtomobillar, elektromobillar va retro avtomoobillar hamda 10dan ortiq xorijiy brendlar taqdim etilgan.
TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Bugun Toshkent sitida Hilton Auto Show boshlandi deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
O‘zbekistonda ilk bor bo‘lib o‘tayotgan ushbu ko‘rgazmada bir vaqtning o‘zidan eng zamonaviy avtomobillar, superkar va retro avtomobillar, elektromobillar hamda avtomobil ehtiyot qismlari namoyish etilmoqda.
Toshkent siti bog‘ida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada 20dan ortiq stendlar qurilgan. Uyerda 10ta avtosalon stendlari, shuningdek respublika avtomobil sanoyatida faoliyat yuritayotgan barcha korxonalar masulotlari, avtomobil ehtiyot qismlari, avtoshina va akkumulyatorlar, servis uskunalari taqdim etilgan.
Ko‘rgazmada, Hyundai, KIA, Renault, Honji, SamAuto, Tesla, Mercedes-Benz, Infinity, Subaru, Jaguar, Toyota, Lexus, Range Rover kabi brendlar ishtirok etmoqda.
Undan tashqari, bu yerda Gentra avtomobila auksion orqali arzonroq narxda sotilishi rejalashtirilgan. Undan tashqari ko‘rgazma davomida Nexia avtomobilining lotoreya sovrini bo‘lib o‘tadi.
Asosiysi - chang bo‘roni sodir bo‘lmasa bo‘lgani.
Yangiliklar lentasi
0