Samarqandda marafon tufayli 17ta ko‘cha yopiladi

© Press-slujba MChS UzbekistanaII Mejdunarodniy Tashkentskiy marafon
II Mejdunarodniy Tashkentskiy marafon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2021
Obuna bo‘lish
Samarqandning markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha berkitilishi mumkin. Marafon ishtirokchilari o‘tgan ko‘chalar muddatidan oldin ochiladi.
TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Samarqandda 7-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan xalqaro yarim marafaon vaqtida 17ta ko‘chalarda harakat vaqtincha to‘xtatiladi, deb xabar qilmoqda shahar hokimligi.

Xususan, 7-noyabr kuni soat 06:00 dan 15:00 ga qadar shahrimizning quyidagi ko‘cha va hududlarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan to‘xtatiladi va marafon ishtirokchilari harakatlanib bo‘lgan ko‘chalar muddatidan oldin ochib boriladi:

Registon ko‘chasining “Non bozorchasi” oldidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
Dahbed ko‘chasining Registon ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Bog‘imaydon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan tutashmasidan Qo‘shhovuz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Imom Al-Buxoriy ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan tutashmasidan Shohi Zinda ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Maroqand ko‘chasining Imom Al-Buxoriy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan, Ibn Sino ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Chorraha ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan tutashmasidan Bibixonim ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Ruhobod ko‘chasining Registon ko‘chasi bilan tutashmasidan Amir Temur maqbarasi orqali Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
Universitet xiyoboni ko‘chasida;
G-34 yo‘lining Universitet xiyobonidan Muqumiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismida;
Bo‘stonsaroy ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
Amir Temur ko‘chasini Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Abdurahmon Jomiy ko‘chasini Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Abdurahmon Jomiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Ibn Sino ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Oydin yo‘l ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Vohid Abdullayev ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan tutashmasidan Hazrati Xizr masjidigacha bo‘lgan qismida;
Islom Karimov ko‘chasining Hazrati Xizr masjididan Shohi Zinda ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
Shohi Zinda ko‘chasi “Siyob” dehqon bozoridan Ulug‘bek observatoriyasigacha bo‘lgan qismida;
Samarqand yarim marafoni - bu har yili xayriya maqsadlarda o‘tkaziladigan sport tadbiri bo‘lib, u O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida amalga oshiriladi.
Samarkand half marathon - masofasi 21 km, 97.5 metr bo‘lib, uning yo‘nalishi qadimiy shaharning eng chiroyli joylaridan o‘tadi. Marafonda tushga barcha mablag‘lar nogiron borlalarni davolash maqsadlarida foydalaniladi.
Yangiliklar lentasi
0