O‘zbekistondagi chang Arabiston changidan nimasi bilan farq qiladi?

Obuna bo‘lish
Fizik olim xulosaiga ko‘ra, O‘zbekistondagi chang murakkab shakli va zaradlanish xususiyatiga ega, u yuzaga tez yopishadi va qiyin tozalanadi.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Yosh fizik olim Rustam Ashurov O‘zbekistonda shu kunlarda yopirilgan chang boshqa joyning changidan nimabi bilan farq qilishini tushuntirib berdi.
"Bizning changimiz ham o‘zgacha. Bizdagi chang zarralari o‘zining strukturasi, tarkibi, formasi bo‘yicha qum bo‘ronlari bo‘ladigan joylarnikidan murakkabroq. Zaradlanishi ham oson. Shu sababli bizning chang o‘tirgan yuzalardan osonlikcha tozalanmaydi. Bizda bir qavat qoplangan chang ustiga ikkinchi qavatni o‘tirishi oson kechadi. Ya’ni keyingi qavatlar bilan bog‘lanish mustahkam bo‘ladi.
Qolaversa, bizda cho‘ldan kelayotgan chang zarralari tarkibida turli mineral va tuzlar bor. Ular yo‘lda musbat zaradlanib yuzaga mustahkam joylasha oladi. Bizga faqat xo‘llangan latta yordam berishi mumkin
Arabistonda qum bo‘ronlari ko‘p bo‘lsa ham, chang zarralarining formasi sferikka yaqin bo‘lgani, yuzasi silliqligi va tarkibining zaradlanish darajasi pastligi tufayli yengil shamol ham yuzadagi chang zarralarini uchirib keta oladi", - deb yozib qoldirgan o‘zining Facebookdagi sahifasida olim.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent va Sirdaryo shaharlarida 4-noyabr kuni kuchli chang bo‘roni kuzatilgan edi. O‘zgidromet soat atmosferada chang zarrachalari miqdori belgilanganidan 30 baravargacha oshganini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0