https://oz.sputniknews.uz/20211106/oqituvchilar-maoshi-1000-dollarga-etkaziladi---shavkat-mirziyoev-21240448.html
O‘qituvchilar maoshi 1000 dollarga yetkaziladi - Shavkat Mirziyoyev
O‘qituvchilar maoshi 1000 dollarga yetkaziladi - Shavkat Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Qanchalik qiyin bo‘lmasin 2025-yilga borib oliy toifali o‘qituvchilar mehnatini munosib rag‘batlantirish uchun barcha imkoniyat safarbar etiladi dedi prezident. 06.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-06T12:48+0500
2021-11-06T12:48+0500
2021-11-06T12:55+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
prezident
maosh
o‘qituvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0e/15180817_0:0:2747:1545_1920x0_80_0_0_ac5f7079acb9fdc250dfece477c1bd84.jpg
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekiston kelajagini barpo etish uchun ilm va tarbiya kerak. Yoshlarga ilm va tarbiyani berish uchun esa o‘qituvchilar qo‘lida dedi Shavkat Mirziyoyev, inauguratsiyadan keyin so‘zlagan nutqida.Prezident O‘zbekiston fidoyi o‘qituvchilar oldida haliyam qarzdor ekanini va kelgusi yillarda imkon qadar ularning maoshi oshirilishini va mehnati munosib rag‘batlantirilishini alohida aytib o‘tdi. Shuningdek prezident bog‘cha tizimini maktab ta’limi bilan uyg‘unlashtirish, orqali bolalarni maktabga tayyorlash sifatini yanada yaxshilash, bog‘chalarni yiliga 2 million nusxadagi zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi oshirib borish haqida aytib o‘tdi. Undan tashqari, maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim qamrovini oshirish, maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga alohida e’tibor berilishi, talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlari davom ettirilishi aytib o‘tildi.Eslatib o‘tamiz, ayni damda Oliy Majlisning yangi majlislar zalida parlamentning ikki palatasi deputatlari, diplomatik korpus vakillari hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston prezidenti inauguratsiyasiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/0e/15180817_111:0:2574:1847_1920x0_80_0_0_cecd818fe84474214f97632697d31cd8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, prezident, maosh, o‘qituvchilar
jamiyat, shavkat mirziyoyev, prezident, maosh, o‘qituvchilar
O‘qituvchilar maoshi 1000 dollarga yetkaziladi - Shavkat Mirziyoyev
12:48 06.11.2021 (yangilandi: 12:55 06.11.2021) Qanchalik qiyin bo‘lmasin 2025-yilga borib oliy toifali o‘qituvchilar mehnatini munosib rag‘batlantirish uchun barcha imkoniyat safarbar etiladi dedi prezident.
TOShKENT, 6 noya – Sputnik. O‘zbekiston kelajagini barpo etish uchun ilm va tarbiya kerak. Yoshlarga ilm va tarbiyani berish uchun esa o‘qituvchilar qo‘lida dedi Shavkat Mirziyoyev, inauguratsiyadan keyin so‘zlagan nutqida.
Prezident O‘zbekiston fidoyi o‘qituvchilar oldida haliyam qarzdor ekanini va kelgusi yillarda imkon qadar ularning maoshi oshirilishini va mehnati munosib rag‘batlantirilishini alohida aytib o‘tdi.
"2025 yilga borib, oliy toifali o‘qituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish choralari ko‘riladi" - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek prezident bog‘cha tizimini maktab ta’limi bilan uyg‘unlashtirish, orqali bolalarni maktabga tayyorlash sifatini yanada yaxshilash, bog‘chalarni yiliga 2 million nusxadagi zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, bog‘cha xodimlarining professional tayyorgarligi oshirib borish haqida aytib o‘tdi.
Undan tashqari, maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim qamrovini oshirish, maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga alohida e’tibor berilishi, talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlari davom ettirilishi aytib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Oliy Majlisning yangi majlislar zalida parlamentning ikki palatasi deputatlari, diplomatik korpus vakillari hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston prezidenti inauguratsiyasiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tmoqda.