Oliy toifali shifokorlar maoshi $1000 bo‘ladi - prezident

© MinzdravRech Shavkata Mirziyoyeva posle inauguratsii
Rech Shavkata Mirziyoyeva posle inauguratsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2021
Obuna bo‘lish
Kelgusi besh yilda tibbiyot sohasiga yo‘naltirilayotgan mablag‘ ikki baravar, shifokorlar maoshi esa ming dollargacha oshiriladi.
TOShKENT, 6 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyadan keyin so‘zlagan nutqida tibbiyot sohasi va shifokorlar maoshini oshirish haqida gapirdi.
"Kelgusi 5-yilda xalqimiz salomatligini ta’minlash bundan buyon ham bosh vazifa bo‘lib qoladi. Ushbu sohaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ikki barobar oshirish, jumladan, kelgusi 5-yilda oliy toifali shifokorlar maoshini ekvivalent hisobida ming dollarga yetkazish mo‘ljallanmoqda", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida oliy toifali o‘qituvchilar maoshlarini ham 1000 dollargacha oshirishni va’da bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, kelgusi 2022-yilgi davlat budjetida o‘qituvchilar va shifokorlarning maoshlarini oshirish maqsadida 350 milliard so‘m mablag‘ allaqachon ajratilgan. Shavkat Mirziyoyev oldingi chiqishlarida ham, xususan farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida o‘qituvchilarning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamasligini ma’lum qilgan edi.
Bugun Oliy Majlisda O‘zbekiston prezidentining inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston parlamentining yuqori va quyi palatalari deputatlari, diplomatik korpus vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0