https://oz.sputniknews.uz/20211106/jurnalist-va-blogerlar-qonun-va-prezident-himoyasida-boladi-21240221.html
Jurnalist va blogerlar qonun va prezident himoyasida bo‘ladi
Jurnalist va blogerlar qonun va prezident himoyasida bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat vakillari tomonidan OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish, tayziq o‘tkazish va kameralarini olib qo‘yish uchun javobgarlik kuchaytiriladi. 06.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-06T12:27+0500
2021-11-06T12:27+0500
2021-11-06T12:30+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
prezident
jurnalist
qonun
inauguratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/06/21240325_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1fab939a117fb697e3540432441c279b.jpg
TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishish rasmiy marosimidan so‘ng so‘zlargan nutqida jurnalist va blogerlar himoyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. - Qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo‘ladi, deydi Shavkat Mirziyoyev. Shu maqsadda amaldagi qonunchilikda davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish, senzura o‘rnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, ayni damda Oliy Majlisning yangi majlislar zalida parlamentning ikki palatasi deputatlari, diplomatik korpus vakillari hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston prezidenti inauguratsiyasiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20211106/shavkat-mirziyoev-ozbekiston-respublikasi-prezidenti-lavozimiga-kirishdi--21239100.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/06/21240325_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_53c5bef4c881278313876eacb9cebaea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, prezident, jurnalist, qonun, inauguratsiya
jamiyat, shavkat mirziyoyev, prezident, jurnalist, qonun, inauguratsiya
Jurnalist va blogerlar qonun va prezident himoyasida bo‘ladi
12:27 06.11.2021 (yangilandi: 12:30 06.11.2021) Hukumat vakillari tomonidan OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish, tayziq o‘tkazish va kameralarini olib qo‘yish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishish rasmiy marosimidan so‘ng so‘zlargan nutqida jurnalist va blogerlar himoyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
- Qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo‘ladi, deydi Shavkat Mirziyoyev.
- Albatta, bunday ochiqlik va oshkoralik sharoitida ishlash, o‘z faoliyatiga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarni to‘g‘ri qabul qilish eskicha qoliplar bilan yashayotgan ayrim amaldorlarga yoqmasligi ham mumkin. Lekin bundan qat’i nazar, biz bu yo‘lni davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilamiz va uni izchil davom ettiramiz, - dedi prezident.
Shu maqsadda amaldagi qonunchilikda davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish, senzura o‘rnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Oliy Majlisning yangi majlislar zalida parlamentning ikki palatasi deputatlari, diplomatik korpus vakillari hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston prezidenti inauguratsiyasiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tmoqda.