Abdumalik Xalakov kumush medal sohibi bo‘ldi

© NOKAbdumalik Xalakov serebranniy prizem ChM po boksu
Abdumalik Xalakov serebranniy prizem ChM po boksu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2021
Obuna bo‘lish
Belgradda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatini O‘zbekiston boks terma jamoasi bitta kumush va bitta bronza medallari bilan yakunladi.
TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Belgradda bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha Jahon Chempionatida o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov kumush medal sohibi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda MOQ.
"60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Xalakov jahon chempionligi uchun fransiyalik Sofyan Umiaga qarshi ringga ko‘tarildi. Ikki yuqori texnika egalari o‘rtasidagi shiddatli bahs musobaqaning eng chiroyli janglaridan biriga aylandi", - deyilgan xabarda.
Ushbu to‘qnashuvda fransuz bokschisi g‘alaba qozonib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Belgradda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida O‘zbekiston boks terma jamoasi 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Eslatib o‘tamiz bronza medaliga 92 kg vazn toifasida ishtirok etgan yosh bokschi Madiyar Saidrahimov sazovor bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0