Tumanlarda tadbirkorga yordam beruvchi yana bir tuzilma paydo bo‘ladi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev - v rayonax sozdadut "proyektnie gruppi"
Shavkat Mirziyoyev - v rayonax sozdadut proyektnie gruppi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2021
Obuna bo‘lish
“Tuman loyiha guruhlari” va xolding kompaniyalari - tadbirkorlarga g‘oyadan boshlab, investorlarni jalb qilish va loyihalarni ishlashigacha yordam berishga mas’ul bo‘ladi.
TOShKENT, 5 noya - Sputnik. O‘zbekiston har bir tumanida investitsion loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarga yordam beruvchi yangi tuzilma - “tuman loyiha guruhlari” va xolding kompaniyalari tashkil etiladi. Bu haqida 4-noyabr kuni prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum bo‘ldi.

- Ushbu yangi tuzilmalar tadbirkorlarning biznes hamkoriga aylanadi. Ular tadbirkorlarning yonida turib, g‘oyadan boshlab, investorlarni jalb qilish va loyihalarni to‘liq quvvatda ishlashigacha har kuni yordam berishga mas’ul bo‘ladi, - deyilgan xabarda.

Ushbu guruhlar tuzishga so‘nggi yilllarda foydalanishga topshirilgan investitsion loyihalarning turli muammolar sababli samarasiz ishlayotgani sabab bo‘lgan. Xususan, foydalanishga topshirilgan 442 ta loyiha past quvvatda ishlayotgani ma’lum bo‘lgan. Ularning 238 tasida - xomashyo va bozor topish, 115 tasida - kredit, 35 tasida - infratuzilma bilan bog‘liq muammolarga duch kelgani aniqlangan.
Shuningdek, preziden huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda qayd etilishiga ko‘ra, so‘nggi 5-yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobar o‘sgan. 2021-yil boshidan buyon 179 ta yirik va 10 mingta hududiy loyihalar ishga tushirilgan. Ularga 76 trillion so‘m investitsiya yo‘naltirilgan, 143 mingta ish o‘rni tashkil etilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV rayonax sozdadut "proyektnie gruppi"
V rayonax sozdadut proyektnie gruppi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2021
V rayonax sozdadut "proyektnie gruppi"
Yangiliklar lentasi
0