Toshkentning ayrim hududlarida bir necha soatga ichimlik suvi o‘chdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishKuxonniy kran.
Kuxonniy kran. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2021
Obuna bo‘lish
Texnik nosozlik sabab Toshkenning ba’zi hududlarida sovuq suv ta’minotida bir necha soatlik uzilishlar bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 5 noya - Sputnik. Toshkent shahrining ayrim hududlarida sovuq suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar qilmoqda "Toshkent shahar suv ta’minoti".
"Poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta’minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o‘chish holati yuzaga keldi. Shu tufayli Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suv ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda", - deyilgan xabarda
Ayni damda elektr ta’minoti qayta tiklanan va ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. 2-3 soatda Toshkent shahri suv ta’minoti o‘z maromiga qaytadi. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
"O‘zsuvta’minot"dan olingan so‘nggi xabarga ko‘ra, "Toshkent shahridagi suv ta’minoti soat 18:00 ga qadar bosqichma bosqich tiklanadi".
Yangiliklar lentasi
0