https://oz.sputniknews.uz/20211105/madiyar-saidrahimov-bronza-medali-sohibi-boldi-21229905.html
Madiyar Saidrahimov bronza medali sohibi bo‘ldi
Madiyar Saidrahimov bronza medali sohibi bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik yosh bokschi ilk musobaqadayoq bronza medali sohibi bo‘ldi. Belgradda Madiyar Saidrahimov yarim finalda kubalik Olimpiya chempioni bilan kuch sinashdi. 05.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-05T10:20+0500
2021-11-05T10:20+0500
2021-11-05T10:21+0500
sport
o‘zbekiston
boks
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/05/21230043_0:0:1201:676_1920x0_80_0_0_10a8d5930493bc901c411464a2a26b92.jpg
TOShKENT, 5 noya - Sputnik. Shu kunlarda Belgradda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik yosh bokschi Madiyar Saidrahimov bronza medali sohibi bo‘ldi deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.Aytish joizki yosh bokschi Madiyar Saidrahimov uchun bu birinchi jahon chempionati va sportchi o‘zining ilk nufuzli musobaqasidayoq sovrindor bo‘ldi, - deb yozadi MOQ. Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon chempionatida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov 4-noyabr kuni finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. 60 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etayotgan sportchi ning eronlik raqibi Doniyol Shohbaxsh jiddiy jarohat olgani tufayli ringga chiqmaydigan bo‘ldi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/05/21230043_0:0:1167:875_1920x0_80_0_0_855671d977f56ace3e3c88c04f7ecd4b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, boks
Madiyar Saidrahimov bronza medali sohibi bo‘ldi
10:20 05.11.2021 (yangilandi: 10:21 05.11.2021) O‘zbekistonlik yosh bokschi ilk musobaqadayoq bronza medali sohibi bo‘ldi. Belgradda Madiyar Saidrahimov yarim finalda kubalik Olimpiya chempioni bilan kuch sinashdi.
TOShKENT, 5 noya - Sputnik. Shu kunlarda Belgradda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik yosh bokschi Madiyar Saidrahimov bronza medali sohibi bo‘ldi deb
xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.
92 kg vazn toifasida ringga chiqqan Madiyar yarim finalda kubalik Xulio La Kruz bilan kuch sinashdi. Afsuski, amaldagi Olimpiada chempioniga qarshi bahsda vakilimizga biroz tajriba yetishmadi va u musobaqani bronza medali bilan yakunladi, - deyilgan xabarda.
Aytish joizki yosh bokschi Madiyar Saidrahimov uchun bu birinchi jahon chempionati va sportchi o‘zining ilk nufuzli musobaqasidayoq sovrindor bo‘ldi, - deb yozadi MOQ.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jahon chempionatida yana bir o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov 4-noyabr kuni finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. 60 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etayotgan sportchi ning eronlik raqibi Doniyol Shohbaxsh jiddiy jarohat olgani tufayli ringga chiqmaydigan bo‘ldi.