O‘zbekistonda ilk bor regbi chempionati o‘tkazilmoqda

© NOKPerviy chempionat po regbi v Uzbekistane
Perviy chempionat po regbi v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2021
Obuna bo‘lish
Milliy universitet stadionida ilk bor regbi bo‘yicha respublika chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘ndan ortiq 16ta erkaklar va ayollar jamoalari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 4 noya - Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor regbi-7 sport turi bo‘yicha OTM talabalari orasida respublika chempionati o‘tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda MOQ.
Milliy universitetining bosh stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan musobaqada 12 ta ayollar va 16ta erkaklar jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Regbi-7 bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati musobaqalari 4-5 noyabr kunlari ayollar, 6-7 noyabrda esa erkaklar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
MOQ xabarida aytiishiga ko‘ar, ushbu musobaqalar yoshlar orasida regbi sportini yanada ommalashtirish, talabalar orasidan terma jamoaga munosaib sportchilarni saralab olish imkonini beradi.
Regbi-7 (Rugby sevens) — XIX asr oxirida Shotlandiyada paydo bo‘lgan sportning jamoaviy turidir. O‘yinda har biri 7 futbolchidan iborat ikki jamoa ishtirok etadi. Sportchilar vazifasi to‘pni raqibning ichki hududiga olib borish. Regbi sporti sportchilarning bir-biri bilan kontakt qilish (to‘qnashish, itarish, to‘xtatib qolish) imkoniyatini nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0