https://oz.sputniknews.uz/20211104/ozbek-qirgiz-taraqqiyot-jamgarmasi-tashkil-etildi-21222326.html
O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etildi - prezident qarori
O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etildi - prezident qarori
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ustav kapitali 50 million dollar bo‘lgan O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. 04.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-04T11:16+0500
2021-11-04T11:16+0500
2021-11-04T11:18+0500
iqtisod
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
qirg‘iziston
sadir japarov
sardor umurzakov
o‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/19/17957791_0:143:2736:1682_1920x0_80_0_0_857f0c0b5089f81dcd43a50eca4ac482.jpg
TOShKENT. 4 noya - Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Bu haqida 3-noyabr kuni imzolangan 5277-sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan. Jamg‘arma tomonidan agrosanoat kompleksi; tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati; ishlab chiqarish sanoati; kon-metallurgiya sanoati; transport; uy-joy qurilishi; savdo; tadbirkorlikni rivojlantirish; energetika kompleksi; infratuzilmani rivojlantirish; turizmni rivojlantirish sohalarida investitsiya kiritish ko‘zda tutilgan. "Ushbu fond ikki davlat orasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish katalizatori, o‘sish nuqtasi bo‘ladi", - degan edi O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov fond tashkil qilinish vaqtida. Prezident qarori bilan ushbu jamg‘arma uchun ma’sul etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tayinlangan. Ma’lumot uchun, ushbu jamg‘armani tashkil etish haqida dastlabki kelishuvlarga 2021-yilning 11-martida, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi vaqtida erishilgan edi. Qirg‘iziston prezidenti O‘zbek-qirg‘iz jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni 2021-yil 18-avgust kuni ratifikatsiya qilgan.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/19/17957791_381:171:2082:1447_1920x0_80_0_0_4f656a53d6b6299ec579b19d4ff04d81.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, qirg‘iziston, sadir japarov, sardor umurzakov, o‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi
iqtisod, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, qirg‘iziston, sadir japarov, sardor umurzakov, o‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi
O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etildi - prezident qarori
11:16 04.11.2021 (yangilandi: 11:18 04.11.2021) Shavkat Mirziyoyev ustav kapitali 50 million dollar bo‘lgan O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
TOShKENT. 4 noya - Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Bu haqida 3-noyabr kuni imzolangan 5277-sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan.
Shtab kvartirasi Bishkekda joylashgan O‘zbek-qirg‘iz jamg‘armasining nizom kapitali 50 million dollarni tashkil qiladi. Mablag‘ni O‘zbekiston kiritadi, kelgusida jamg‘arma hajmini 200 million dollargacha oshirish kutilmoqda.
Jamg‘arma tomonidan agrosanoat kompleksi; tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati; ishlab chiqarish sanoati; kon-metallurgiya sanoati; transport; uy-joy qurilishi; savdo; tadbirkorlikni rivojlantirish; energetika kompleksi; infratuzilmani rivojlantirish; turizmni rivojlantirish sohalarida investitsiya kiritish ko‘zda tutilgan.
"Ushbu fond ikki davlat orasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish katalizatori, o‘sish nuqtasi bo‘ladi", - degan edi O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov fond tashkil qilinish vaqtida.
Prezident qarori bilan ushbu jamg‘arma uchun ma’sul etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tayinlangan.
Ma’lumot uchun, ushbu jamg‘armani tashkil etish haqida dastlabki kelishuvlarga 2021-yilning 11-martida, Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi vaqtida erishilgan edi.
Qirg‘iziston prezidenti O‘zbek-qirg‘iz jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni 2021-yil 18-avgust kuni ratifikatsiya qilgan.