https://oz.sputniknews.uz/20211103/ozbekistonda-davlat-ilk-bor-aholidan-elektr-energiyasini-sotib-oldi-21216827.html
O‘zbekistonda davlat ilk bor aholidan elektr energiyasini sotib oldi
O‘zbekistonda davlat ilk bor aholidan elektr energiyasini sotib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Fuqaro xonadonida quyosh foto elektr stansiyasini ishlab chiqarayotgan elektr energiyasini sotishni boshladi. 03.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-03T18:17+0500
2021-11-03T18:17+0500
2021-11-03T18:17+0500
iqtisod
elektr energiyasi
energetika vazirligi
quyosh fotoelektr stansiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/03/21216444_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_12b72c441ad4923e098802a340648276.png
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor davlat aholidan elektr energiyasini xarid qildi.Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi Rasulov Rahimjon xonadonida 6 kVt quvvatli kichik quyosh foto elektr stansiyasini o‘rnatgan. O‘z ehtiyojlaridan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshlagan.Stansiya yiliga 7 000 dan 10 000 kVt.soatgacha elektr energiyasini ishlab chiqaradi.Endilikda ushbu xonadonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini hududiy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi.Ushbu shartnoma umumiy o‘rnatilgan quvvati 1 MVt gacha (o‘zgaruvchan tok ) bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlaridan, (mikro va kichik gidroelektr stansiyalardan tashqari) elektr eneriyasini xarid qilishga taalluqlidir.Mazkur amaliyot Vazirlar mahkamasining 2019-yil 22-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subektlarini yagona elektr energetika tizimiga ulash reglamenti”ga asosan amalga oshiriladi.Bunda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini sotib olish prezidentning 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-sonli qarorida belgilangan tarifga asosan amalga oshiriladi.“Ahamiyatlisi, shu kabi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotish – ASKUE tizimi doirasida o‘rnatilgan zamonaviy elektron hisoblagichlar orqali amalga oshiriladi” – deyilgan xabarda.Vazirlik shaxsiy quyosh fotoelektr stansiyalarini (1 MVt gacha) o‘rnatish istagida bo‘lgan fuqarolar stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulangan holda foydalanishlari hamda ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuqoridagi qarorlarga asosan shartnoma asosida sotishlari mumkinligini eslatgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210827/ozbekistonda-yirik-quyosh-fotoelektr-stantsiyasi-ishga-tushirildi-20268498.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/03/21216444_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a841747b3d37ee6837ca1efcf96e4874.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, elektr energiyasi, energetika vazirligi, quyosh fotoelektr stansiyasi
iqtisod, elektr energiyasi, energetika vazirligi, quyosh fotoelektr stansiyasi
O‘zbekistonda davlat ilk bor aholidan elektr energiyasini sotib oldi
Fuqaro xonadonida quyosh foto elektr stansiyasini ishlab chiqarayotgan elektr energiyasini sotishni boshladi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor davlat aholidan elektr energiyasini xarid qildi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi Rasulov Rahimjon xonadonida 6 kVt quvvatli kichik quyosh foto elektr stansiyasini o‘rnatgan. O‘z ehtiyojlaridan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshlagan.
Stansiya yiliga 7 000 dan 10 000 kVt.soatgacha elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
3 noyabr kuni xonadon egasi va Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kichik obyektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida” shartnoma imzolandi.
Endilikda ushbu xonadonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini hududiy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi.
Ushbu shartnoma umumiy o‘rnatilgan quvvati 1 MVt gacha (o‘zgaruvchan tok ) bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlaridan, (mikro va kichik gidroelektr stansiyalardan tashqari) elektr eneriyasini xarid qilishga taalluqlidir.
Mazkur amaliyot Vazirlar mahkamasining
2019 yil 22-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subektlarini yagona elektr energetika tizimiga ulash reglamenti”ga asosan amalga oshiriladi.
Bunda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini sotib olish prezidentning
2020 yil 10-iyuldagi PQ-4779-sonli qarorida belgilangan tarifga asosan amalga oshiriladi.
“Ahamiyatlisi, shu kabi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotish – ASKUE tizimi doirasida o‘rnatilgan zamonaviy elektron hisoblagichlar orqali amalga oshiriladi” – deyilgan xabarda.
Vazirlik shaxsiy quyosh fotoelektr stansiyalarini (1 MVt gacha) o‘rnatish istagida bo‘lgan fuqarolar stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulangan holda foydalanishlari hamda ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuqoridagi qarorlarga asosan shartnoma asosida sotishlari mumkinligini eslatgan.