https://oz.sputniknews.uz/20211103/muftiy-moskvada-hatto-migrantlarsiz-masjidlar-etishmasligini-aytdi-21212231.html
Muftiy Moskvada hatto migrantlarsiz masjidlar yetishmasligini aytdi
Muftiy Moskvada hatto migrantlarsiz masjidlar yetishmasligini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Rushan Abbasovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada masjidlar mahalliy aholini hisobga olib qurilgan, so‘nggi paytlarda esa bu yerda musulmon mehnat migrantlari soni... 03.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-03T14:15+0500
2021-11-03T14:15+0500
2021-11-03T14:15+0500
rossiya
musulmonlar
moskva
migrantlar
masjid
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/864/73/8647385_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_c7e563cee012aa50957ef766a36b9beb.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rossiya muftiylar kengashi rahbari o‘rinbosari Moskva viloyati muftiysi Rushan Abbasov hozir poytaxtda masjidlar migrantlar u yoqda tursin, hatto mahalliy musulmonlar uchun yetishmayotganini ma’lum qildi.Shu bois Moskvada chetdan kelayotgan musulmonlar soni qisqartirilishi va yangi ibodat uylarini barpo etish vaziyatni yaxshilashga yordam beradi.Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bunday optimizatsiya ro‘y bersa, migrantlar ham kamayadi, nafas olish yengillashadi.Muftiyning ta’kidlashicha, Moskvada masjidlar mahalliy aholini hisobga olib qurilgan, endi esa ular yetishmashmayapti.Abbasov 15-yil ilgari musulmonlar uyushmasi vakillari Moskva ma’muriyati bilan markazni bo‘shatish uchun shahar okruglarida masjid qurish rejasini muhokama qilishganini eslatgan. O‘shandan quriladigan manzillar taklif etilgan.“Ammo bu vaqt ichida bu masalani hal etish oldinga siljimadi. Poytaxtda mehnat migrantlari soni sezilarli oshganda vaziyat umuman og‘ir bo‘ldi”, - dedi u.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya musulmonlari diniy kengashining rahbari muftiy Albir Krganov Moskvada masjidlar yetishmasligi sabab 30 mingdan ziyod kishi har hafta juma namozini ko‘chalarda ado etishga majbur bo‘layotganini ma’lum qilgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20211101/moskva-hukumati-kelajakda-quruvchi-migrantlardan-voz-kechmoqchi-21182354.html
https://oz.sputniknews.uz/20211101/moskva-qurilishlardagi-migrantlardan-voz-kecha-oladimi--ekspert-fikri-21186387.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/864/73/8647385_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_94bfc66d822e0141ccfeb9192792936a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, musulmonlar, moskva, migrantlar, masjid
rossiya, musulmonlar, moskva, migrantlar, masjid
Muftiy Moskvada hatto migrantlarsiz masjidlar yetishmasligini aytdi
Rushan Abbasovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada masjidlar mahalliy aholini hisobga olib qurilgan, so‘nggi paytlarda esa bu yerda musulmon mehnat migrantlari soni sezilarli oshgan.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Rossiya muftiylar kengashi rahbari o‘rinbosari Moskva viloyati muftiysi Rushan Abbasov hozir poytaxtda masjidlar migrantlar u yoqda tursin, hatto mahalliy musulmonlar uchun yetishmayotganini ma’lum qildi.
Shu bois Moskvada chetdan kelayotgan musulmonlar soni qisqartirilishi va yangi ibodat uylarini barpo etish vaziyatni yaxshilashga yordam beradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bunday optimizatsiya ro‘y bersa, migrantlar ham kamayadi, nafas olish yengillashadi.
“Chunki Moskvada yangi masjid qurishga imkon berishmayapti, shahar markazini bo‘shatish uchun biz ularni okruglarda barpo etishni taklif qilgandik. Mavjudlari esa migrantlar u yoqda tursin, hatto mahalliy musulmonlar ehtiyojlari uchun yetishmaydi”, - dedi Abbasov RIA Novosti bilan suhbatda.
Muftiyning ta’kidlashicha, Moskvada masjidlar mahalliy aholini hisobga olib qurilgan, endi esa ular yetishmashmayapti.
Abbasov 15-yil ilgari musulmonlar uyushmasi vakillari Moskva ma’muriyati bilan markazni bo‘shatish uchun shahar okruglarida masjid qurish rejasini muhokama qilishganini eslatgan. O‘shandan quriladigan manzillar taklif etilgan.
“Ammo bu vaqt ichida bu masalani hal etish oldinga siljimadi. Poytaxtda mehnat migrantlari soni sezilarli oshganda vaziyat umuman og‘ir bo‘ldi”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya musulmonlari diniy kengashining rahbari muftiy Albir Krganov Moskvada masjidlar yetishmasligi sabab 30 mingdan ziyod kishi har hafta juma namozini ko‘chalarda ado etishga majbur bo‘layotganini
ma’lum qilgandi.