https://oz.sputniknews.uz/20211103/endi-ozbekistonliklar-rossiyada-ham-haydovchilik-guvohnomasini-almashtirishi-mumkin-21214304.html
Endi o‘zbekistonliklar Rossiyada ham haydovchilik guvohnomasini almashtirishi mumkin
Endi o‘zbekistonliklar Rossiyada ham haydovchilik guvohnomasini almashtirishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Rossiyada ham haydovchilik guvohnomasini almashtirishi mumkin
2021-11-03T16:33+0500
2021-11-03T16:33+0500
2023-04-05T18:34+0500
jamiyat
migrantlar
haydovchilik guvohnomasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/557/57/5575711_0:153:3101:1897_1920x0_80_0_0_3e23f80d8a04ae929844bd098e929e3e.jpg
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalarida O‘zbekistonning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi bo‘yicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Unga ko‘ra, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali IIVning Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylashtiriladi.YHXBB hujjatlarni ko‘rib chiqib, 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi. Uni Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga (TIV KHD) yuboradi.Shunga asosan, TIV KHD haydovchilik guvohnomasini konsullik muassasasiga diplomatik pochta orqali taqdim etadi.Konsullik muassasasi 1 ish kunida yangi guvohnomani egasiga beradi yoki asoslangan sabablarga ko‘ra rad etadi.Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun BHMning 70 foizidagi to‘lov, 20 dollar konsullik yig‘imi, 20 dollar haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun yig‘im undiriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20211012/haydovchilik-guvohnomasini-olish-uchun-imtihonga-onlayn-ariza-topshirish-mumkin-20876296.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/557/57/5575711_184:0:2915:2048_1920x0_80_0_0_357b7dbe748b583d228176ef3b7bccc5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prava almashtirish, rossiya, o‘zbekistonliklar, rossiyada haydovchilik guvohnomasini almashtirish
prava almashtirish, rossiya, o‘zbekistonliklar, rossiyada haydovchilik guvohnomasini almashtirish
Endi o‘zbekistonliklar Rossiyada ham haydovchilik guvohnomasini almashtirishi mumkin
16:33 03.11.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Konsullik muassasasi talabgor nomidan so‘rovnomani to‘ldirib, 1 ish kunida IIV YHXBBga yuboradi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Hukumat qarori bilan O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalarida O‘zbekistonning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi bo‘yicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi
xabar berdi.
Unga ko‘ra, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali IIVning Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylashtiriladi.
Talabgor haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga ariza bilan shaxsan murojaat qilishi mumkin. Konsullik muassasasi talabgor nomidan so‘rovnomani to‘ldirib, 1 ish kunida IIV YHXBBga yuboradi.
YHXBB hujjatlarni ko‘rib chiqib, 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi. Uni Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga (TIV KHD) yuboradi.
Shunga asosan, TIV KHD haydovchilik guvohnomasini konsullik muassasasiga diplomatik pochta orqali taqdim etadi.
Konsullik muassasasi 1 ish kunida yangi guvohnomani egasiga beradi yoki asoslangan sabablarga ko‘ra rad etadi.
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun BHMning 70 foizidagi to‘lov, 20 dollar konsullik yig‘imi, 20 dollar haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun yig‘im undiriladi.