https://oz.sputniknews.uz/20211102/ular-tarqoq---abdulaziz-kamilov-ozbek-muxoldifati-haqida-21196013.html
Ular tarqoq - Abdulaziz Kamilov xorijdagi o‘zbek muxolifati haqida
Ular tarqoq - Abdulaziz Kamilov xorijdagi o‘zbek muxolifati haqida
Sputnik O‘zbekiston
Kamilov O‘zbekistonning xorijdagi muxolifti bilan qanday ish olib borilayotgani va ularning bugungi kundagi faoliyati haqida o‘z fikrini bildirdi. 02.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-02T14:20+0500
2021-11-02T14:20+0500
2021-11-02T14:43+0500
siyosat
saylovlar
abdulaziz kamilov
jurnalistlar
oav
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/08/20419282_0:118:1300:849_1920x0_80_0_0_b23c7ec4f7c79efe7b421640e563d44a.jpg
TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Abdulaziz Kamilov prezident saylovidan oldin xorijiy jurnalistlarga bergan intervyusida O‘zbekistonning xorijdagi muxolifati haqidagi savollarga ham javob berdi.Xususan, Rossiyaning NTV telekanali jurnalisti R.Sobolning “Xorijdagi tizimdan tashqari O‘zbekiston muxolifati qanday nuqtayi nazarlarni himoya qilmoqda, ularning g‘oyalari jamiyat tomonidan qanchalik qo‘llab-quvvatlanmoqda?”, - deb savol bergan edi.Kamilov bunga, quyidagicha javob berdi:"Darhaqiqat, o‘zini muxolifat deb hisoblaydigan kishilar bugun asosan xorijda yashamoqda. Bular O‘zbekistonni turli sabablarga ko‘ra tark etganlar - siyosiy, shaxsiy va boshqa. Xorijda yashar ekan, ularning aksariyati o‘zlarini muxolifatchi qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lishmoqda. Balkim, ana shunday maqomga ega bo‘lish ularga qandaydir yordam berar, jumladan moddiy va moliyaviy.Nima bo‘lganda ham, biz ularning fikriga quloq tutmoqdamiz. Ba’zan ulardan xatlar keladi. Masalan O‘zo‘bekistonni iqtisodiy rivojlantirish uchun nima qilish mumkinligi haqida. Lekin aksariyat hollarda O‘zbekistonni aossiz tanqid qilish hollariga duch kelamiz. Menimcha bu muxolifatchilik faoliyati bilan emas, O‘zbekistondan uzoq bo‘la turib, ko‘proq o‘z shaxsining “muhim” ekanini ko‘rsatib qo‘yish istagi bilan izohlanadi.Shuni uchun aytmoqchimanki, ularni “tizimdan tashqari” emas, tizimsiz yoki tarqoq muxolifat deyish mumkin. Chunki, aksariyat hollarda ular o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan alohida shaxslardan iborat. Xorijiy muxolifatning “shuhrat cho‘qqisida” birinchilikni egallash uchun, ular orasida o‘zaro raqobat ham bor", - dedi tashqi ishlar vaziri.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident savlovi arafasida o‘nlab xorijiy OAV vakillari tashrif buyurgan. Tashqi ishlar vaziri ishtirokida 22-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida o‘ndan ortiq OAV vakillari, jumladan RIA Novosti va Sputnik muxbirlari ham ishtirok etgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/08/20419282_6:0:1294:966_1920x0_80_0_0_38809d5ca8cf58f7a0b0cbf8b28a57fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, saylovlar, abdulaziz kamilov, jurnalistlar, oav
siyosat, saylovlar, abdulaziz kamilov, jurnalistlar, oav
Ular tarqoq - Abdulaziz Kamilov xorijdagi o‘zbek muxolifati haqida
14:20 02.11.2021 (yangilandi: 14:43 02.11.2021) Kamilov O‘zbekistonning xorijdagi muxolifti bilan qanday ish olib borilayotgani va ularning bugungi kundagi faoliyati haqida o‘z fikrini bildirdi.
TOShKENT, 2 noya – Sputnik. Abdulaziz Kamilov prezident saylovidan oldin xorijiy jurnalistlarga bergan intervyusida O‘zbekistonning xorijdagi muxolifati haqidagi savollarga ham
javob berdi.
Xususan, Rossiyaning NTV telekanali jurnalisti R.Sobolning “Xorijdagi tizimdan tashqari O‘zbekiston muxolifati qanday nuqtayi nazarlarni himoya qilmoqda, ularning g‘oyalari jamiyat tomonidan qanchalik qo‘llab-quvvatlanmoqda?”, - deb savol bergan edi.
Kamilov bunga, quyidagicha javob berdi:
"Darhaqiqat, o‘zini muxolifat deb hisoblaydigan kishilar bugun asosan xorijda yashamoqda. Bular O‘zbekistonni turli sabablarga ko‘ra tark etganlar - siyosiy, shaxsiy va boshqa. Xorijda yashar ekan, ularning aksariyati o‘zlarini muxolifatchi qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lishmoqda. Balkim, ana shunday maqomga ega bo‘lish ularga qandaydir yordam berar, jumladan moddiy va moliyaviy.
Nima bo‘lganda ham, biz ularning fikriga quloq tutmoqdamiz. Ba’zan ulardan xatlar keladi. Masalan O‘zo‘bekistonni iqtisodiy rivojlantirish uchun nima qilish mumkinligi haqida. Lekin aksariyat hollarda O‘zbekistonni aossiz tanqid qilish hollariga duch kelamiz. Menimcha bu muxolifatchilik faoliyati bilan emas, O‘zbekistondan uzoq bo‘la turib, ko‘proq o‘z shaxsining “muhim” ekanini ko‘rsatib qo‘yish istagi bilan izohlanadi.
O‘zbekiston rahbari o‘z chiqishlarida muxolifat fikriga quloq tutishga tayyor ekanini ko‘p marotaba aytgan. Agar ular vatanga qaytib kelib xizmat qilishga tayyor bo‘lsa - qo‘llab-quvvatlashni ham va’da bergan. Bu yerda ular uchun hech qanday xavf yo‘q.
Shuni uchun aytmoqchimanki, ularni “tizimdan tashqari” emas, tizimsiz yoki tarqoq muxolifat deyish mumkin. Chunki, aksariyat hollarda ular o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan alohida shaxslardan iborat. Xorijiy muxolifatning “shuhrat cho‘qqisida” birinchilikni egallash uchun, ular orasida o‘zaro raqobat ham bor", - dedi tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident savlovi arafasida o‘nlab xorijiy OAV vakillari tashrif buyurgan. Tashqi ishlar vaziri ishtirokida 22-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida o‘ndan ortiq OAV vakillari, jumladan RIA Novosti va Sputnik muxbirlari ham ishtirok etgan edi.