O‘qituvchi va shifokorlar maoshini oshirish uchun 350 mlrd so‘m ajratiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Obuna bo‘lish
Prezident o‘qituvchi va shifokorlarning oylik ish haqini oshirish uchun 2022-yilda davlat budjetidan 350 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekistonda o‘qituvchi va shifokorlar maoshini oshirish uchun 2022-yilda qo‘shimcha 350 mlrd so‘m ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil uchun soliq tushumlari hamda budjet parametrlari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilish davomida 2022-yilda mo‘ljallangan davlat budjeti loyihasida ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trln so‘m ajratilishi ko‘zda tutilganligi aytildi.
“Ta’lim va tibbiyot tizimiga hech qachon bunday pul bermaganmiz. Shu narsani xalqimiz bilishi kerak”, — dedi davlat rahbari “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan efirga uzatilgan lavhada.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bepul davolanish orderiga 600 mlrd so‘m ajratiladi.
“Bu ham yangilik bizning tizimimizda. Kasalni o‘ziga pul beramiz. „Bitta kasallik uchun 50 ming yoki 40 ming so‘m sizning ixtiyoringizda. Xohlasangiz tibbiyotni davlatnikiga, xohlasangiz xususiyga boring“, deymiz. Shunda sal bo‘lsa ham davlat idoralari tibbiyotining dunyoqarashi o‘zgaradi, degan fikrim bor mening”, — dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbari o‘qituvchi va shifokorlarning maoshlari bosqichma-bosqich oshirilishini ta’kidlab, bu uchun 2022-yilda 350 milliard so‘m ajratilishini bildirgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida o‘qituvchilarning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha to‘xtamasligini ma’lum qilgan edi.
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2020
O‘qituvchilarning oylik maoshi 10 milliongacha oshiriladi - Shermatov
Yangiliklar lentasi
0