O‘zbekiston dzudo jamoasi Jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

© AP Photo / Vincent ThianDavlat Babonov
Davlat Babonov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik dzudochilar ikki kunlik bahslar yakuniga ko‘ra 4 ta oltin, 1 ta bronza medalnr qo‘lga kiritishdi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti Parij shahri o‘tkazilayotgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Dzudo federatsiyasi matbuot xizmati.
“O‘zbekistonlik dzudochilar ikki kunlik bahslar yakuniga ko‘ra 4 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi”, - deyilgan xabarda.
Diyora Keldiyorova (-52 kg), Dilshodjon Baratov (-60 kg), Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) jahon chempioniga aylangan bo‘lsa, Shohruhxon Baxtiyorov (+100 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Dzudoist Davlat Bobonov zavoyeval bronzovuyu medal na Olimpiyskix igrax v Tokio-2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2021
Dzudochi Davlat Bobonov harbiylar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi
Ikkinchi o‘rinni braziliyalik dzudochilar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka mezbonlar - Fransiya terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan yakun yasadi. Avstriya 2 ta oltin, Rossiya va Slovakiya terma jamoalari 1 tadan oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Endi O‘zbekiston vakillari jamoaviy yo‘nalishda ham oltin medallar uchun bahs olib borishadi.
Yangiliklar lentasi
0