Mirziyoyev O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

© Uzbekskaya diaspora v RFOrden "Dustlik"
Orden Dustlik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Obuna bo‘lish
Farmonda Ergash Shoismatovning o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga qo‘shayotgan salmoqli hissasi qayd etilgan.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ergash Shoismatov "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi. Bu haqdaTIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Elchi davlat boshqaruvi organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni har tomonlama chuqurlashtirish, ko‘p qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi sermahsul faoliyati uchun taqdirlangan.
© MID UzbekistanaChrezvichayniy i Polnomochniy Posol Respubliki Uzbekistan v Respublike Tadjikistan Shaismatov Ergash
Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Respubliki Uzbekistan v Respublike Tadjikistan Shaismatov Ergash  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2021
Chrezvichayniy i Polnomochniy Posol Respubliki Uzbekistan v Respublike Tadjikistan Shaismatov Ergash
Shuningdek, farmonda Shoismatovning o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga qo‘shayotgan salmoqli hissasi alohida qayd etilgan.
Ergash Shoismatov 1951-yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan, shu jumladan, O‘zbekiston Energetika va elektrlashtirish vaziri (1999-2001 yillar), “O‘zbekenergo” DAK raisi (2001-2006 yillar), O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari (2006-2018 yillar) sifatida faoliyat yuritgan.
U 2018-yildan O‘zbekiston Tojikiston elchisi lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0