https://oz.sputniknews.uz/20211031/endilikda-hujjatlar-loyihalari-lingvistik-ekspertizadan-otkaziladi-21165353.html
Endilikda hujjatlar loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi
Endilikda hujjatlar loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Hujjatda og‘zaki nutq shakllari, chet tillari atamalari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 31.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-31T09:41+0500
2021-10-31T09:41+0500
2021-10-31T09:41+0500
jamiyat
qaror
lingvistik ekspertiza
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/752/94/7529473_2:0:1872:1052_1920x0_80_0_0_4dfe15dfab51b0011d0e5921e810e84f.jpg
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi. Hukumat tasdiqlagan nizomga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi.Lingvistik ekspertiza loyihani ishlab chiqqan tashkilot rahbarining maslahatchisi tomonidan quyidagi talablar asosida o‘tkaziladi:Maslahatchi yoxud mutaxassis 3 kun yoki shartnomada belgilangan muddatda lingvistik ekspertizadan o‘tkazish natijasi bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalarni ko‘rsatgan holda xulosa berib, loyihani ishlab chiquvchiga taqdim etadi.Shunga ko‘ra, loyiha matni qayta ishlanib, kelishish uchun vazirlik va idoralarga yuboriladi.Loyihada quyidagilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
https://oz.sputniknews.uz/20211021/ona-tilimiz-mangu-yashasin--shavkat-mirziyoev-20998695.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/752/94/7529473_293:0:1696:1052_1920x0_80_0_0_982e4dd0a4765ea00702ef91b55e76a9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qaror, lingvistik ekspertiza
jamiyat, qaror, lingvistik ekspertiza
Endilikda hujjatlar loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi
Hujjatda og‘zaki nutq shakllari, chet tillari atamalari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi.
Hukumat tasdiqlagan
nizomga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi.
Lingvistik ekspertiza loyihani ishlab chiqqan tashkilot rahbarining maslahatchisi tomonidan quyidagi talablar asosida o‘tkaziladi:
jumlalarning soddaligi va qisqaligi, ta’riflarning aniqligi;
imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mosligi;
yangi atamalar, shuningdek, soha atamalarining to‘g‘ri qo‘llanilganligi;
so‘z birikmalarining o‘zaro to‘g‘ri bog‘langanligi;
bayonning tizimliligi va ifodali ketma-ketligi.
Maslahatchi yoxud mutaxassis 3 kun yoki shartnomada belgilangan muddatda lingvistik ekspertizadan o‘tkazish natijasi bo‘yicha aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalarni ko‘rsatgan holda xulosa berib, loyihani ishlab chiquvchiga taqdim etadi.
Shunga ko‘ra, loyiha matni qayta ishlanib, kelishish uchun vazirlik va idoralarga yuboriladi.
Loyihada quyidagilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar mavjud bo‘lgan taqdirda, chet tillari atamalari;
eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;
abbreviatura va qisqartmalar (umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar bundan mustasno).