Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Meredov Afg‘onistonga keldi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishGlava MID Turkmenistana Rashid Meredov
Glava MID Turkmenistana Rashid Meredov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda Tolibon* hukumati o‘rnaitilganidan so‘ng, Turkmaniston o‘z elchisini yuborgan to‘rtinchi davlat bo‘ldi. Bundan oldin Pokiston, Qatar va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari Qobulga tashrif buyurgan edi.
TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov shanba kuni Afg‘onistonga keldi. Qobul aeroportida uni Tolibon* hukumatining tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqi, Axborot va madaniyat vazirining o‘rinbosari Zabihullo Mujohid kutib oldi. Sputnik Afg‘oniston xabariga asosan.
Ayni damda Turkmaniston delegatsisi va Tolibon*ning yuqori lavozimli vakillari orasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Afg‘oniston tomonidan muzokarlarga Muttaqi boshchilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni Tehronda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari sammiti bo‘libi o‘tgan edi. Unda Turkmaniston TIV rahbari xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston iqtisodini tiklashga yordam berishga chaqirgan edi va Ashxobod TAPI va CASA kabi xalqaro loyihalarda ishtirok etishga tayyorligini bildirgan edi.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda Tolibon* hukumati o‘rnaitilganidan so‘ng, Turkmaniston o‘z elchisini yuborgan to‘rtinchi davlat bo‘ldi. Bundan oldin Pokiston, Qatar va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari Qobulga tashrif buyurgan edi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0