https://oz.sputniknews.uz/20211029/yamalda-neftchilar-muzlab-qolayotgan-flamingoni-qutqarib-olishdi---video-21154418.html
Yamalda neftchilar muzlab qolayotgan flamingoni qutqarib olishdi - video
Yamalda neftchilar muzlab qolayotgan flamingoni qutqarib olishdi - video
Sputnik O‘zbekiston
G‘arbiy Sibir o‘lkasida joylashgan Yamal yarim orolida neftchilar adashib qolgan flamingo qushini tolib olishdi. Qushning keyingi taqdiri ornitologlar bilan birgalikda... 29.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-29T15:45+0500
2021-10-29T15:45+0500
2023-04-05T18:34+0500
dunyoda
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1d/21154505_2:0:999:561_1920x0_80_0_0_338925d62ec480b9dcd89d2bd94b5621.jpg
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Rossiyaning Yamal o‘lkasi, Noyabrsk shahri yaqinida neftchilar, muzlab qolayotgan flamingo qo‘shini qutqarib qolishdi.Ushbu shimol o‘lkasiga ehtimol yo‘lidan adashib kelib qolgan noodatiy mehmonni “Gazpromneft-Noyabrskneftegaz” kompaniyasi xodimlari Sporishev neft koni yaqinida topib olishdi.Neftchilar qushni ehtiyotkorlik bilan xizmat xonasiga olib kirishdi va istishdi. Hozir uning sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmayapti. Flamingo qushlari, jumladan pushtirang flamingo ham, asosan Afrika, Kavkaz va Markziy Osiyo, shuningdek Amerika hududlarida yashaydi. Flamingo qushlarining bo‘yi 130 smgacha bo‘lishi mumkin. Flamingo asosan suv bo‘yida yashaydi va kichik qichqichbaqalar, suv o‘tlari, chuvalchang va mollyuskalar bilan oziqlanadi. Yamal - Rossiyaning G‘arbiy Sibir o‘lkasida joylashgan yarim orol. Yamal-nenesk avtonom okrugi hududida joylashgan. Yarim orol uzunligi 700km, kengligi 240 km. Yamal hududi tundra o‘rmonlari bilan qoplangan, odam kam yashaydi. Bu yerda 11ta gaz va 15ta neft-gaz kondesat konlari aniqlangan. Yamalda ob-havo sharoiti juda sovuq - qishda o‘rtacha haroat -23 ... -27, yozda +3...+9 daraja.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1d/21154505_126:0:874:561_1920x0_80_0_0_fc88e34f155476db788f3eb046c72521.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, rossiya
Yamalda neftchilar muzlab qolayotgan flamingoni qutqarib olishdi - video
15:45 29.10.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) G‘arbiy Sibir o‘lkasida joylashgan Yamal yarim orolida neftchilar adashib qolgan flamingo qushini tolib olishdi. Qushning keyingi taqdiri ornitologlar bilan birgalikda hal qilinadi.
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Rossiyaning Yamal o‘lkasi, Noyabrsk shahri yaqinida neftchilar, muzlab qolayotgan flamingo qo‘shini qutqarib
qolishdi. Ushbu shimol o‘lkasiga ehtimol yo‘lidan adashib kelib qolgan noodatiy mehmonni “Gazpromneft-Noyabrskneftegaz” kompaniyasi xodimlari Sporishev neft koni yaqinida topib olishdi.
Neftchilar qushni ehtiyotkorlik bilan xizmat xonasiga olib kirishdi va istishdi. Hozir uning sog‘lig‘iga hech narsa xavf solmayapti.
Yaqin vaqt ichida flamingoning taqdiri hal bo‘ladi. Neftchilar ornitologlar bilan bog‘lanib uni saqlash qoidalari va uzoq o‘lkadan kelgan mehmon uchun yangi o‘y masalasini muhokama qilishadi, - deyilgan xabarda.
Flamingo qushlari, jumladan pushtirang flamingo ham, asosan Afrika, Kavkaz va Markziy Osiyo, shuningdek Amerika hududlarida yashaydi. Flamingo qushlarining bo‘yi 130 smgacha bo‘lishi mumkin. Flamingo asosan suv bo‘yida yashaydi va kichik qichqichbaqalar, suv o‘tlari, chuvalchang va mollyuskalar bilan oziqlanadi.
Yamal - Rossiyaning G‘arbiy Sibir o‘lkasida joylashgan yarim orol. Yamal-nenesk avtonom okrugi hududida joylashgan. Yarim orol uzunligi 700km, kengligi 240 km. Yamal hududi tundra o‘rmonlari bilan qoplangan, odam kam yashaydi. Bu yerda 11ta gaz va 15ta neft-gaz kondesat konlari aniqlangan. Yamalda ob-havo sharoiti juda sovuq - qishda o‘rtacha haroat -23 ... -27, yozda +3...+9 daraja.