https://oz.sputniknews.uz/20211029/rossiya-afgonistondagi-kuchlarni-qurol-tashlashga-chaqirdi-21145811.html
Rossiya Afg‘onistonning barcha kuchlarini qurol tashlashga chaqirdi
Rossiya Afg‘onistonning barcha kuchlarini qurol tashlashga chaqirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Afg‘oniston kuchlarini qurol tashlashga chaqirdi
2021-10-29T09:55+0500
2021-10-29T09:55+0500
2021-10-29T09:55+0500
siyosat
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0e/20490924_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_242e62d4accf419752c30a7309f94826.jpg
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Afg‘onistondagi siyosiy kuchlar o‘rtasida o‘tkir tus olgan vaziyatga sharh berdi.Afg‘on jamiyatining qochqin yetakchilari, xususan, marshal Abdul-Rashid Do‘stum va Atto Muhammadiy Nurlar tomonidan e’lon qilingan Milliy qarama-qarshilik oliy kengashi tuzilgani to‘g‘risida deklaratsiya e’lon qilingach, Rossiya afg‘on kuchlarini mamlakatda ziddiyatni kuchaytirmaslikka chaqirdi."Biz Afg‘onistondagi barcha etnosiyosiy kuchlarni jangovar ritorikadan voz kechishga va milliy yarashuv jarayoni yakuniga yetishi uchun bor harakatlarni ishga solishga chaqiramiz", - deya ta’kidladi diplomat.RF TIV shuningdek, Afg‘oniston aholisi tomonidan mamlakatdagi holatga jahon hamjamiyati e’tiborini jalb qilish istagida o‘tkazayotgan tinch mitinglarga urg‘u berdi."Biz ushbu murojaatlar e’tiborsiz qolmasligi kerak, degan fikrdamiz, muzlatilgan pullar mamlakatga berilishi lozim, pullar aholining birinchi navbatdagi ehtiyojlariga sarflanmog‘i lozim. Gap maoshlar to‘lanishi, milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va Afg‘onistondagi gumanitar falokatning oldini olish haqida bormoqda", - dedi Zaxarova.Eslatib o‘tamiz, 22-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston milliy qarama-qarshilik oliy kengashi tuzilgani to‘g‘risida deklaratsiya tarqaldi. Bayonotda siyosatchilarning "Tolibon"*ga, jumladan, agar shu zarur bo‘lsa, harbiy metodlar bilan qarshi turish niyati bildirilgandi.* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.
https://oz.sputniknews.uz/20211021/moskvada-toliblar-bilan-muzokaralar-qanday-otdi-21010440.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0e/20490924_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_e8b570da73b19cd25ecbb71f64858645.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘oniston tolibon rossiya mariya zaxarova
afg‘oniston tolibon rossiya mariya zaxarova
Rossiya Afg‘onistonning barcha kuchlarini qurol tashlashga chaqirdi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi barcha siyosiy masalalarni diplomatik yo‘l bilan hal etish lozimligini eslatmoqda
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Afg‘onistondagi siyosiy kuchlar o‘rtasida o‘tkir tus olgan vaziyatga sharh berdi.
Afg‘on jamiyatining qochqin yetakchilari, xususan, marshal Abdul-Rashid Do‘stum va Atto Muhammadiy Nurlar tomonidan e’lon qilingan Milliy qarama-qarshilik oliy kengashi tuzilgani to‘g‘risida deklaratsiya e’lon qilingach, Rossiya afg‘on kuchlarini mamlakatda ziddiyatni kuchaytirmaslikka chaqirdi.
"Biz Afg‘onistondagi barcha etnosiyosiy kuchlarni jangovar ritorikadan voz kechishga va milliy yarashuv jarayoni yakuniga yetishi uchun bor harakatlarni ishga solishga chaqiramiz", - deya ta’kidladi diplomat.
RF TIV shuningdek, Afg‘oniston aholisi tomonidan mamlakatdagi holatga jahon hamjamiyati e’tiborini jalb qilish istagida o‘tkazayotgan tinch mitinglarga urg‘u berdi.
"Biz ushbu murojaatlar e’tiborsiz qolmasligi kerak, degan fikrdamiz, muzlatilgan pullar mamlakatga berilishi lozim, pullar aholining birinchi navbatdagi ehtiyojlariga sarflanmog‘i lozim. Gap maoshlar to‘lanishi, milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va Afg‘onistondagi gumanitar falokatning oldini olish haqida bormoqda", - dedi Zaxarova.
Eslatib o‘tamiz, 22-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston milliy qarama-qarshilik oliy kengashi tuzilgani to‘g‘risida deklaratsiya tarqaldi. Bayonotda siyosatchilarning "Tolibon"*ga, jumladan, agar shu zarur bo‘lsa, harbiy metodlar bilan qarshi turish niyati bildirilgandi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.