Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOIIga kirishga shoshilmayapti va bu yaxshi – Grozin

© SputnikAndrey Grozin
Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2021
Obuna bo‘lish
Har qanday davlat uchun biror xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lish asosiysi emas. Maqsad – ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishdan amaliy manfaat ko‘rishdir.
TOShKENT, 29 okt – Sputnik. O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘ladigan kelgusi besh yilda keskin o‘zgarishlar bo‘lishini kutish kerak emas, deydi MDH instituti Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Andrey Grozin.
O‘zbekistonda 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida Grozin kuzatuvchi sifatida Samarqandda bo‘ldi va o‘z taasurotlari bilan Sputnik bilan bo‘lishdi.
Ekspert xulosasiga ko‘ra, kelgusi yillarda O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari rivojlanishda davom etadi, lekin Toshkent Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqiga kirishga shoshilmaydi.

“Birinchidan, keskin o‘zgarishlar O‘zbekistonga xos emas. Bu yerda har bir qaror vaziyatga qarab, shoshilmasdan qabul qilinadi. Shuning uchun, YeOII haqida gap ketganda, men mahalliy hamkasabalarimdan eshitishimga ko‘ra, - O‘zbekiston shoshilmaydi, lekin ushbu yo‘nalishda harakatlanishda davom etadi”, - dedi Grozin.

Ekspert aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston so‘nggi yillarda qo‘yayotgan qadamlari ham ushbu pozitsiyani tasdiqlaydi: O‘zbekiston dastlab YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi, keyin o‘zaro hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi qabul qilindi.
“Bu yagona maqsadga olib boruvchi bosqichlardir. Yo‘nalish aniq, lekin harkat ildamligi O‘zbekiston rahbariyati tomonidan belglanadi: Ittifoqqa qo‘shilishning qanday ijobiy yoki salbiy oqibatlari bo‘lishi mumkin? Qo‘shni respublikalar Qirg‘iziston va Qozog‘iston tajribasi qanday va boshqalar”, - deydi mutaxassis.
YeOIIga kirish yoki kirmalsik haqidagi qaror qabul qilishida, O‘zbekiston uchun birinchi navbatda iqtisodiy istiqbollar ahamiyatga ega bo‘ladi, deydi ekspert.
“O‘zbekiston hukumati e’lon qilgan maqsadlar asosida aynan iqtisodiy va makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarni oshirishdir. Jumladan kambag‘alikka qarshi kurash, jon boshiga YaIM miqdorini oshirish va boshqalar. YeOIIga qo‘shilish va qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish – aynan ushbu maqsadlarga xizmat qiladi. Menimcha aynan yaqin va uzoq qo‘shnilar bilan hamkorlik qilish Toshkent uchun birinchi o‘rinda turadi”, - deydi Grozin.
MDH institutining Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari aytishiga ko‘ra Har qanday davlat uchun biror xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lish asosiysi emas. Maqsad – ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishdan amaliy manfaat ko‘rishdir.

“O‘zbekistonning hozirgi rivojlanish bosqichida, biror xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lish asosiysi emas. Maqsad – ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishdan iqtisod, savdo va logistika sohalarida amaliy manfaatga erishish hamda infratuzilmani yangilashdir”, - deydi Grozin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning dekabr oyida O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi maqomini olgan edi. Shundan so‘ng respublika YeOIIning barcha ochiq majlislarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2021-yilning aprel oyida O‘zbekiston YeOII Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan hamkorlik qilish haqida memorandum imzoladi.
Yangiliklar lentasi
0