Mirziyoyev uchun necha kishi ovoz bergani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPodschet golosov
Podschet golosov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezident saylovlarida jami 20,1 mln. saylovchidan 16, 2 mln. nafari ishtirok etgan, ulardan 421 ming nafari - muddatidan oldin.
TOShKENT, 29 okt - Sputnik. Markaziy Saylov komissiyasi 24-oktabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida jami necha kishi ovoz berganini ma’lum qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy soni – 16 212 343 nafar. Ulardan muddatidan oldin ovoz berganlar 421 176 kishi.
Har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni quyidagicha:
Shavkat Mirziyoyev — 12 988 964 kishi (80,12 %);
Maqsuda Vorisova— 1 075 016 nafar (6,63 %);
Alisher Qodirov — 888 515 (5,48 %);
Narzullo Oblomuradov — 670 641 nafar (4,14 %);
Bahrom Abduhalimov— 549 766 nafar (3,39 %).
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha saylovchilarning umumiy soni – 20 158 907 nafar. Saylov uchastkalariga yetkazib berilgan bulletenlar soni 20 259 701ta.
Saylov bulletenlarini olgan saylovchilar soni – 16 212 343 nafar, lekin shundan foydalanilmagan yoki buzib qo‘yib bekor qilingan saylov bulletenlarining umumiy soni 4 047 358 ta.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti saylovining dastlabki natijalari 25-oktabr kuni e’lon qilingan edi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin 10 kun ichida qabul qilinishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0