Toshkent davlat texnika universiteti hududida yong‘in ro‘y berdi

© Unsplash / Adam Wilson Pojar, illyustrativnoe foto
Pojar, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Hodisa oqibatida aholi va talabalar jabrlanmagan
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Toshkent davlat texnika universitetining oshxonasida kuchli yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in haqidagi xabar bugun, 28-oktabr kuni, soat 13:50 da shahar FVBga xabar kelib tushgan.
FVV ma’lumotiga qaraganda, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 13:50 da yetib borgan. Yong‘in soat 14:03 da qurshab olingan va soat 14:09 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida oshxonaning taxminan 120 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0