https://oz.sputniknews.uz/20211028/saida-mirziyoeva--21129591.html
Saida Mirziyoyeva zo‘rlanishiga bir bahya qolgan qiz voqeasiga munosabat bildirdi
Saida Mirziyoyeva zo‘rlanishiga bir bahya qolgan qiz voqeasiga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva
2021-10-28T10:51+0500
2021-10-28T10:51+0500
2021-10-28T11:17+0500
jamiyat
zo‘ravonlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/12/16035691_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_ea51714617ad8c82c9770b8f72f385ef.jpg
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi a’zosi, Milliy mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasini fakultet dekan o‘rinbosari zo‘rlamoqchi bo‘lib, so‘ng 2-qavat derazasidan itarib yuborilgani aytilayotgan holatga munosabat bildirdi.“Mening fikrimcha, qiz-ayollarning huquqlarini himoya qiluvchi bunday OAV faoliyati – bu juda katta baxtdir. Adolatsizlik va jinsiy tahqirlashga toqat qilishni istamaydiganlarning so‘nggi umididir. Fond ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan bunday ommaviy axborot vositalarini olqishlashi va jihatdan qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlamoqchiman”, – dedi Saida Mirziyoyeva.U shuningdek, mazkur holatni, O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi mustaqil axborot loyihasi – “Nemolchi.uz” saytidan xabar topganligini ma’lum qilgan.“Lekin jamoatchilikka oshkor etilayotgan bu kabi holatlar dengizdan tomchi ekanini barchamiz anglab turibmiz. Albatta, bu haqda ochiq gapirishga jazm qilgan qizlarning jasorati va qat’iyati tahsinga sazovor. Biroq taz’yiq va nohaqlik haqida baralla gapira olmay, dardu hasratini mash’um kabinetlar hamda xotirasining uzoq burchaklariga dafn etganlar qancha! Jabrdiydaning o‘zini ayblab, tergovni “yopti-yopti” qilib yuborilgan holatlar qancha! Qanchadan-qancha jinoyatchilar ojizani murosaga ko‘ndirgani yoki qo‘rqitib qo‘ygani uchun suvdan quruq chiqqan?”, – deya murojaat qildi u."Ayni kunlarda bu haqda tinimsiz o‘ylayapman. Biz bu borada Senat, Bosh prokuratura, IIV va OAVning harakatini birlashtiradigan yirik loyihaga muhtojmiz. Aybdorlar javobgarlikdan qocha olmasligi uchun bunday hodisalarning har biri jamoatchilikka oshkor qilinishi shart. Zo‘ravonlik qurbonlari ularning nidosini eshitadiganlar va yordam beradiganlar borligiga ishonchi komil bo‘lishi, zo‘ravonlar esa jazo muqarrar ekanligini anglashi zarur", – deya ta’kidladi Mirziyoyeva"Shunda nafaqat o‘qishdan haydash yoki boshqa bahonalar bilan OTM talaba qizlariga tahdid qilishga, balki istalgan boshqa joyda ham lavozim va mavqeyini suiste’mol qilish bilan qonunni buzishga yo‘l qo‘yilmaydi", – deb o‘z so‘zlarini yakunladi.Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Zulfiya" mukofoti olish uchun dekan o‘rinbosarini oldiga kirgan qizga, avvaliga shilqimlik qilingan, so‘ngra ojiza 2 qavatdan uloqtirilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.Mazkur hodisa oqibatida shifokorlar, jabrdiyda, tos suyagi sinishi, gematomalar va miya chayqalishi tashhisini qo‘yishgan.Hozirda dekan o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddaning birinchi qismi va 118-moddaning birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20211027/toshkent-dekan-orinbosari-qizni-zorlashga-urindi--21107893.html
https://oz.sputniknews.uz/20211027/pedagogika-universiteti-rahbariyatiga-nisbatan-qatiy-choralar-koriladi--vazirlik-21123092.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/12/16035691_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_069ad8794c187fe2c7df96ba9ca2bc02.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saida mirziyoyeva zo‘rlandi pedagogika universiteti
saida mirziyoyeva zo‘rlandi pedagogika universiteti
Saida Mirziyoyeva zo‘rlanishiga bir bahya qolgan qiz voqeasiga munosabat bildirdi
10:51 28.10.2021 (yangilandi: 11:17 28.10.2021) Saida Mirziyoyeva Nizomiy pedagogika universitetining talabasiga nisbatan, kuch ishlatib, zo‘rlamoqchi bo‘lgan dekan o‘rinbosari voqeasiga o‘z firklarini bildirdi
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha respublika komissiyasi a’zosi, Milliy mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Ijtimoiy tarmoqlarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasini fakultet dekan o‘rinbosari zo‘rlamoqchi bo‘lib, so‘ng 2-qavat derazasidan itarib yuborilgani aytilayotgan holatga munosabat
bildirdi.
“Mening fikrimcha, qiz-ayollarning huquqlarini himoya qiluvchi bunday OAV faoliyati – bu juda katta baxtdir. Adolatsizlik va jinsiy tahqirlashga toqat qilishni istamaydiganlarning so‘nggi umididir. Fond ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan bunday ommaviy axborot vositalarini olqishlashi va jihatdan qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlamoqchiman”, – dedi Saida Mirziyoyeva.
U shuningdek, mazkur holatni, O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi mustaqil axborot loyihasi – “Nemolchi.uz” saytidan xabar topganligini ma’lum qilgan.
“Lekin jamoatchilikka oshkor etilayotgan bu kabi holatlar dengizdan tomchi ekanini barchamiz anglab turibmiz. Albatta, bu haqda ochiq gapirishga jazm qilgan qizlarning jasorati va qat’iyati tahsinga sazovor. Biroq taz’yiq va nohaqlik haqida baralla gapira olmay, dardu hasratini mash’um kabinetlar hamda xotirasining uzoq burchaklariga dafn etganlar qancha! Jabrdiydaning o‘zini ayblab, tergovni “yopti-yopti” qilib yuborilgan holatlar qancha! Qanchadan-qancha jinoyatchilar ojizani murosaga ko‘ndirgani yoki qo‘rqitib qo‘ygani uchun suvdan quruq chiqqan?”, – deya murojaat qildi u.
"Ayni kunlarda bu haqda tinimsiz o‘ylayapman. Biz bu borada Senat, Bosh prokuratura, IIV va OAVning harakatini birlashtiradigan yirik loyihaga muhtojmiz. Aybdorlar javobgarlikdan qocha olmasligi uchun bunday hodisalarning har biri jamoatchilikka oshkor qilinishi shart. Zo‘ravonlik qurbonlari ularning nidosini eshitadiganlar va yordam beradiganlar borligiga ishonchi komil bo‘lishi, zo‘ravonlar esa jazo muqarrar ekanligini anglashi zarur", – deya ta’kidladi Mirziyoyeva
"Shunda nafaqat o‘qishdan haydash yoki boshqa bahonalar bilan OTM talaba qizlariga tahdid qilishga, balki istalgan boshqa joyda ham lavozim va mavqeyini suiste’mol qilish bilan qonunni buzishga yo‘l qo‘yilmaydi", – deb o‘z so‘zlarini yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda "Zulfiya" mukofoti olish uchun dekan o‘rinbosarini oldiga kirgan qizga, avvaliga shilqimlik qilingan, so‘ngra ojiza 2 qavatdan uloqtirilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mazkur hodisa oqibatida shifokorlar, jabrdiyda, tos suyagi sinishi, gematomalar va miya chayqalishi tashhisini qo‘yishgan.
Hozirda dekan o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddaning birinchi qismi va 118-moddaning birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.