https://oz.sputniknews.uz/20211028/ozbekistonda-kovidning-xavfliroq-ay42-shtammi-tarqalishi-xavfi-bormi-21131262.html
O‘zbekistonda kovidning xavfliroq “AY.4.2” shtammi tarqalishi xavfi bormi?
O‘zbekistonda kovidning xavfliroq “AY.4.2” shtammi tarqalishi xavfi bormi?
Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi vaqt o‘tishi bilan yangilanib, atrof-muhitga moslashib bormoqda. 28.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-28T11:59+0500
2021-10-28T11:59+0500
2021-10-28T11:59+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
nurmat otabekov
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21005565_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_462e073c9c7dba1c085f5dbe4cb8f9a2.jpg
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Koronavirusning yangi xavfliroq “AY.4.2” shtammi qator davlatlar aniqlandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov bu shtammning O‘zbekistonga qanchalik kirib kelishi va aholi orasida tarqalish xavfi borligi, unga qarshi kurashish uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida ma’lum berdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi vaqt o‘tishi bilan yangilanib, atrof-muhitga moslashib bormoqda. Ba’zi tadqiqotchilar SARS-CoV-2ning 5000 tadan 7000 tagacha bo‘lgan mutatsiyaga uchragan shakli borligini aytishmoqda.Otabekov fuqarolar orasida “menga virus yuqmaydi”, “men o‘tgan yili kasallanganman”, "endi kasal bo‘lmayman", deb yurganlar yangi, kuchli, odam organizmiga moslashgan shtammlarga yo‘liqishi ehtimoli borligini ta’kidladi.Mutaxassis dunyo olimlari tomonidan yaratilayotgan vaksinalar virus shtammlarining asosida turgan SARS-CoV-2ga qarshi ishlashini ma’lum qildi. Virus mutatsiyaga uchragan taqdirda ham, vaksinaning himoyalovchi xususiyati saqlanib qoladi.SSV ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 27-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 184 905 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan jami 180 591 nafari sog‘ayib ketgan. 1316 bemor virus qurboniga aylangan.Mamlakatda jami 25,6 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210927/olimlar-koronavirus-sababli-umr-korish-davomiyligi-keskin-pasayganligini-aniqladi-20667969.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/15/21005565_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_f5a507035d7f7c18833e51f200a351b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, nurmat otabekov, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, nurmat otabekov, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
O‘zbekistonda kovidning xavfliroq “AY.4.2” shtammi tarqalishi xavfi bormi?
Koronavirus qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi vaqt o‘tishi bilan yangilanib, atrof-muhitga moslashib bormoqda.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Koronavirusning yangi xavfliroq “AY.4.2” shtammi qator davlatlar aniqlandi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov bu shtammning O‘zbekistonga qanchalik kirib kelishi va aholi orasida tarqalish xavfi borligi, unga qarshi kurashish uchun qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida
ma’lum berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan SARS-CoV-2 virusi vaqt o‘tishi bilan yangilanib, atrof-muhitga moslashib bormoqda. Ba’zi tadqiqotchilar SARS-CoV-2ning 5000 tadan 7000 tagacha bo‘lgan mutatsiyaga uchragan shakli borligini aytishmoqda.
Otabekov fuqarolar orasida “menga virus yuqmaydi”, “men o‘tgan yili kasallanganman”, "endi kasal bo‘lmayman", deb yurganlar yangi, kuchli, odam organizmiga moslashgan shtammlarga yo‘liqishi ehtimoli borligini ta’kidladi.
Mutaxassis dunyo olimlari tomonidan yaratilayotgan vaksinalar virus shtammlarining asosida turgan SARS-CoV-2ga qarshi ishlashini ma’lum qildi. Virus mutatsiyaga uchragan taqdirda ham, vaksinaning himoyalovchi xususiyati saqlanib qoladi.
“Koronavirusning qaysi shtammiga qarshi kurashishdan qat’i nazar, ommaviy immunitet shakllantirilsa, kasallikni yengib o‘tish mumkin. Biz xastalik qo‘zg‘atuvchisini bilamiz. Uning profilaktikasidan xabardormiz. Eng asosiysi, bizda virusga qarshi asosiy qurol bo‘lgan vaksinalarning bir necha turlari zaxirasi shakllantirilgan. Shunday ekan, aholimizdan birdamlik bilan vaksinatsiya jarayonlariga e’tiborli bo‘lishni so‘rab qolamiz”, - deya xulosa qildi Nurmat Otabekov.
SSV
ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 27-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 184 905 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan jami 180 591 nafari sog‘ayib ketgan. 1316 bemor virus qurboniga aylangan.
Mamlakatda jami 25,6 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanilgan.