O‘zbekiston Pekinda qishki sportning faqat bir turi bo‘yicha ishtirok etadi

© Sputnik / Artur Lebedev / Mediabankka o‘tishGornie liji
Gornie liji - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Xitoyda 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston faqat tog‘ chang‘isi bo‘yicha ishtirok etishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Qishki Olimpiadaga 100 kun qolganda O‘zbekiston o‘z ishtirok etish rejasiga aniqlik kiritdi. Sport vazirligi xabariga ko‘ra musobaqada faqat chang‘ichilar ishtirok etadi.
Ayni damda to‘rt nafar sportchilar Avstriyadagi tog‘ chang‘isi sport maskanida tayyorlik ko‘rishmoqda. Ulardan ikki nafar eng kuchlisi qishki Olimpiada o‘yinlariga yo‘l oladi, deb ma’lum qildi vazirlik.
Biroz oldin MOQ Pekinga short-trek va figurali uchish bo‘yicha ham sportchilarni yuborishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Lekin keyinchalik qo‘mita tog‘ chang‘isi yo‘nalishi bo‘yicha sportchilar tayyorgarligi yaxshiroq bo‘lgani sababli sportning faqat shu turi bo‘yicha Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy poytaxtida 2022-yilning 4 - 20-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan XXIV Qishki Olimpiya o‘yinlarida sportning 15 turi bo‘yicha 109 juft medallar taqdim etiladi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalarda xorijiy tomoshabinlar ishtirok etmaydi.
Yangiliklar lentasi
0