MDH mamlakatlarida Rossiya bolalar universiteti paydo bo‘ladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishUrok russkogo yazika
Urok russkogo yazika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2021
Obuna bo‘lish
Bu Rossiyaning bolalar va MDHdan bo‘lgan o‘smirlarga mo‘ljallangan birinchi tizimli ta’lim loyihasidir.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Rossotrudnichestvo MDH mamlakatlarida Rossiya bolalar universitetini tashkil etishga kirishdi. Bu haqda Rossiyaning Janubi-G‘arbiy davlat universiteti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu Rossiyaning bolalar va yaqin xorijiy mamlakatlardan bo‘lgan o‘smirlarga mo‘ljallangan birinchi tizimli ta’lim loyihasidir. Ta’lim ikki yil davom etadi.
“Bolalar universiteti bolalarga maktab o‘rnini bosishga da’vogarlik qilmaydi. Uning vazifasi bolalarni ilm-fan bu juda qiziq va maroqli ekaniga ishontirishdan iborat. Universtitet tayyorlash yo‘nalishlari – tabiiy ilmiy va texnik fanlari. Onlayn format o‘qishga yosh talabalarni uchta yoshiga qarab bo‘lingan guruhni jalb qilishga yordam beradi: 7-9, 9-11 va 12-14 yosh”, - deyilgan xabarda.
O‘qituvchilar bolalarga qiyin ilmiy va texnik muammolar haqida sodda va qiziq so‘zlab berishlari aytilmoqda.
Loyihani Rossiyaning Janubi-G‘arbiy davlat universiteti ishlab chiqqan. Birinchi bosqichda Rossiya bolalar universitetining asosiy vositalarini yaratish zarur – portalda o‘quv materiallari mavjud bo‘lishidan tashqari o‘qituvchilarning talabalar bilan bilan tezkor muloqoti ta’minlanishi lozim.
rchu.org saytida Rossiya bilimlari bazasi, mashg‘ulotlarga oid ma’lumotnomalar, talaba bolalarning eng qiziq savollariga javoblar va boshqa ko‘plab narsalar joylashtiriladi. Portalni 5-7 noyabr kuni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bo‘lib Qozog‘iston va Qirg‘izistondan bo‘lgan bolalar ta’lim olishi mumkin.
Priyemnaya kampaniya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Shevsov: Rossotrudnichestvo barcha MDH mamlakatlari uchun kvotalarni ko‘paytiradi
Loyihaning asosiy maqsadi Rossiya ta’limini xorijda targ‘ib qilish, Rossiya texnika universitetlarining xorijlik talabalarin erta tayyorlash uchun sharoitlar yaratishdir. Ta’lim rus tilida olib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0