https://oz.sputniknews.uz/20211028/klasterlarga-kreditlar-24-oyga-beriladi--mirziyoev----21128373.html
Klasterlarga kreditlar 24 oyga beriladi- Mirziyoyev
Klasterlarga kreditlar 24 oyga beriladi- Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Klasterlar paxta xom-ashyosini kalavaga aylantirganidan so‘ng olgan kreditini qaytarishni boshlaydi. 28.10.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-10-28T10:04+0500
2021-10-28T10:04+0500
2021-10-28T13:11+0500
iqtisod
bank
markaziy bank
paxta - o‘zbekistonning oq oltini
qishloq xo‘jaligi vazirligi
kredit
klaster
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/931/21/9312103_0:1:1200:676_1920x0_80_0_0_5e1a77e1c316161386b96ce5aabef2fd.jpg
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Qishloq xo‘jaligini jiddiy o‘zgarishlar kutmoqda, bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda xabar qildi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda - klasterlar asosiy tayanch va yetakchi bo‘ladi, - dedi prezident. Chunki paxtachilik sohasida tashkil qilingan klasterlar so‘nggi yillarda yaxshi natija ko‘rsatgan. Xususan, tolani qayta ishlash 2 baravar oshgan, ip-kalava ishlab chiqarish - 2 baravar, tayyor mahsulot ishlab chiarish - 3 barvvar oshib soha daromadi 3 milliard dollarga yetgan. Klasterlarda innovatsion yondashuv natijasida paxta hosildorligi ham 35-40 sentnerga yetgan. Lekin sohada muammolar ham bor. Xususan - eskicha moliyalashtirish tartibi. Hozirgi kunda kreditlar ekinga tayyorlash vaqtidan boshlab berilishi kerak, lekin banklar buni kechiktirib, odatda ferval oylarida berishni boshlaydi. Shuningdek, dehqonlar kreditlar muddatini uzaytirish va miqdorini ko‘paytirishni so‘rashmoqda. Ushbu sohani isloh qilish uchun budjetdan 10 trillion so‘m va 100 million dollar ajratiladi. Yangi tizimni joriy etish Moliya vazirligi va Markaziy bank zimmsiga yuklatildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/931/21/9312103_150:0:1051:676_1920x0_80_0_0_ad0066ac7d936f445b68f19f108b1bf6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, bank, markaziy bank, paxta - o‘zbekistonning oq oltini, qishloq xo‘jaligi vazirligi, kredit, klaster
iqtisod, bank, markaziy bank, paxta - o‘zbekistonning oq oltini, qishloq xo‘jaligi vazirligi, kredit, klaster
Klasterlarga kreditlar 24 oyga beriladi- Mirziyoyev
10:04 28.10.2021 (yangilandi: 13:11 28.10.2021) Klasterlar paxta xom-ashyosini kalavaga aylantirganidan so‘ng olgan kreditini qaytarishni boshlaydi.
TOShKENT, 28 okt - Sputnik. Qishloq xo‘jaligini jiddiy o‘zgarishlar kutmoqda, bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda xabar qildi.
Prezident xususan, sohadada hosildorlikni kelgusi 5-yilda 2 baravar oshirish, eksportini 7 milliard dollarga yetkazish, xomashoni chuqur qayta ishlash va aholi bandligi va daromadlarini yanada oshirish kabi vazifalarni qo‘ydji.
Ushbu ishlarni amalga oshirishda - klasterlar asosiy tayanch va yetakchi bo‘ladi, - dedi prezident.
Chunki paxtachilik sohasida tashkil qilingan klasterlar so‘nggi yillarda yaxshi natija ko‘rsatgan. Xususan, tolani qayta ishlash 2 baravar oshgan, ip-kalava ishlab chiqarish - 2 baravar, tayyor mahsulot ishlab chiarish - 3 barvvar oshib soha daromadi 3 milliard dollarga yetgan. Klasterlarda innovatsion yondashuv natijasida paxta hosildorligi ham 35-40 sentnerga yetgan.
Lekin sohada muammolar ham bor. Xususan - eskicha moliyalashtirish tartibi. Hozirgi kunda kreditlar ekinga tayyorlash vaqtidan boshlab berilishi kerak, lekin banklar buni kechiktirib, odatda ferval oylarida berishni boshlaydi. Shuningdek, dehqonlar kreditlar muddatini uzaytirish va miqdorini ko‘paytirishni so‘rashmoqda.
Bu tizim endi to‘liq o‘zgaradi. Kreditlar bundan buyon oktabr oyidan boshlab 24 oyga ajratila boshlaydi. ularning imtiyozli davri 11 oydan 18 oygacha bo‘ladi. Xullas, klaster xom-ashyoni ip kalavaga aylantirganidan so‘ng kreditni qaytaradi.
Ushbu sohani isloh qilish uchun budjetdan 10 trillion so‘m va 100 million dollar ajratiladi. Yangi tizimni joriy etish Moliya vazirligi va Markaziy bank zimmsiga yuklatildi.