Janjal sababchisi: skiflar xazinalarini Qrimga emas, Ukrainaga berishapti

© AP Photo / Peter DejongEksponat vistavki "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya" v Amsterdame
Eksponat vistavki Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya v Amsterdame
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Obuna bo‘lish
Yevropa ilgari ko‘rmagan tilla zeb-ziynatlar, nodir artefaktlar, Prichernomoryedagi kamob topilmalar 2013-yilda Qrim muzeylaridan Germaniya va Niderlandiyaga jo‘natilgandi va haligacha vataniga qaytib kelishmadi. Sud ishlari bir yildan ortiq cho‘zildi.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Anna Nexayeva. Bugun yakuniy qaror chiqarildi. Amsterdam apellyatsiya sudi skiflar oltinlarini Ukraina mulki deb topdi. Xabar qilinishicha, bu qaror ustidan Niderlandiyaning Oliy sudiga shikoyat keltirish mumkin.

Rembrandt va “Suv parisi” darajasi

Niderlandiyada 2013-yilda Bonn ko‘rgazmasiga keltirilgan, keyin Amsterdamga yuborilgan ikki mingga yaqin Qrim muzeylarining nodir buyumlari qolmoqda.
© AFP / BART MAATPosetitelnitsa na vistavke "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya" v muzee Allard Pierson Museum, Amsterdam
Posetitelnitsa na vistavke Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya v muzee Allard Pierson Museum, Amsterdam
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Posetitelnitsa na vistavke "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya" v muzee Allard Pierson Museum, Amsterdam
“Qrim: Qora dengiz oltinlari va sirlari” ekspozitsiyasiga Yevropada hech qachon ko‘rsatilmagan buyumlar kiritilgandi. Ular orasida Baxchisaray yaqinidagi Ust-Alminskiy qabristonidagi xitoycha lakli qutichalar, Simferopoldagi Skif Neapali mavzoleyidagi skiflar shohi Skilur ko‘milgan yerdagi naqshdor mehrob, Kerch shahri ramzi sanalgan skiflarning ilonoyoqli ma’budasi haykalchasi bor.
© AP Photo / Peter DejongShkatulka na vistavke "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya"
Shkatulka na vistavke Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Shkatulka na vistavke "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya"
Qrim Rossiyaga qo‘shilgandan, Niderlandiyasning Allard Pirson muzeyidagi ko‘rgazma yakunlangandan keyin eksponatlarni qayerga qaytarish savoli tug‘ildi. Rossiya ham, Ukraina ham kolleksiyalarni o‘zlarining mulki deb hisoblashdi.
“Bunday yo‘qotish Kopengagen tomonidan Edvard Eriksenning “Suv parisi” haykalini yoki Amsterdam tomonidan Rembrandt qalamiga mansub “Tungi soqchi” asarini yo‘qotish bilan barobar, - deyiladi Qrim muzeylarining bayonotida. – Bu buyumlar bilan birgalikda biz nafaqat dunyo ahamiyatiga ega obyektlar, balki xalqimizning madaniy asosi bo‘lgan arxeologik meroslarimizni yo‘qotishimiz mumkin".
© Foto : Allard Pierson MuseumEksponat vistavki "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya"
Eksponat vistavki Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Eksponat vistavki "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya"
Allard Pirson muzeyi eksponatlarni sud qarori yoki mamlakatlar o‘rtasidagi bitimga qadar hech qaysi tomonga bermaslikka qaror qildi. Kiyev ularni o‘ziga qaytarishni talab qildi, chunki bu Ukraina davlat mulki. Qrim buni reydercha egallab olishga urinish deb atadi.
Amsterdam okrug sudi 2016-yil dekabrida “Qrim eksponatlari Gollandiyaning madaniy meros qonuniga muvofiq Ukraina davlatiga berilishi shartligi” xususida qaror chiqardi.
© AP Photo / Peter DejongEksponat vistavki v Amsterdame. 2014 god
Eksponat vistavki v Amsterdame. 2014 god
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Eksponat vistavki v Amsterdame. 2014 god
Qrim muzeylari advokatlarini o‘zgartirib, shikoyat keltirishdi. Ishni ko‘rib chiqish 2019-yil martida boshlandi.
Bu davrda skiflar oltini Allard Pirson muzeyi yerto‘lasidagi binolarda saqlandi.

Siyosat yoki etika?

“Madaniy meroslarning XX asr o‘rtasidagi bir joydan boshqa joyga ko‘chishining ayanchli tarixi XXI asrda takrorlanmasligi kerak. Hatto xalqni uning madaniy merosidan mahrum etishning nazariy mumkinligi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat”, - ishonchi komil Qrim muzeylarining.
© AP Photo / Peter DejongEksponat vistavki "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya" v Amsterdame
Eksponat vistavki Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya v Amsterdame
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Eksponat vistavki "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya" v Amsterdame
Sharqiy Qrim tarix-madaniy muzey qo‘riqxonasi, Simferopoldagi “Tavrida Muzeyi”, Baxchisaray tarix-madaniy va arxeologik muzey qo‘riqxonasi va “Xersones Tavricheskiy” arxeologik muzey qo‘riqxonasi pozitsiyasi o‘zgarmas. Oltinlar qaytarilishi shart.
Rossiyalik siyosatchilar va advokatlar ularning fikriga qo‘shilishadi. Rossiya prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy Rossiya tomoni manfaatlarini himoya qilayotgan huquqshunoslar “muzeylararo bitimlar davlat o‘zgarishiga qaraganda kam bo‘lmagan, balki, ko‘proq qiymatga ega ekanligini bilib ish tutishmoqda”.
© Foto : Allard Pierson MuseumEksponat vistavki "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya"
Eksponat vistavki Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Eksponat vistavki "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya"
“Skiflar oltinlari, shubhasiz, faqat Qrim hududi bilan bog‘liq. <…> Ular respublika maqomi o‘zgargani, Rossiya tarkibiga kirganiga qaramasdan Qrim muzeylarida bo‘lishlari kerak, - ishonchi komil Rusiyzabon advokatlar xalqaro uyushmasi vitse-prezidenti Mixail Yoffe. – Ukraina tomoni vakili yarim orolning siyosiy va geografik maqomini o‘zgartirishga urinmoqda. Bu esa huquqiy tabiatga taalluqli emas. Sudda nima g‘alaba qozonadi: sog‘lom aql, qonun? Yoki haqsizlik va siyosat?”
Raqiblar qat’iy tayyorlanishgan. Ukraina tomoni manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Marten Sanders Kiyev Qrim muzeylari bilan bahsda har qanday yon berish imkoniyatidan bor tortishini ma’lum qilgan. Oltinlar Kiyevga berilgan taqdirda, Ukraina eksponatlarning bir qismini Qrim muzeylariga sotish yoki sovg‘a qilishni rejalashtirmayaptimi, degan savolga advokat bu boradagi rejalar haqida eshitmaganini ta’kidladi. “Bu madaniy meros, va men bu sotiladi deb o‘ylamayman”, - dedi u.

Ekspertlar fikri

Ekspertlar fikriga ko‘ra, Qrim muzeylari pozitsiyasini eksponatlarni Qrimda mahalliy arxeologlar topishgani va topilmalar yarim orolning arxeologik madaniyatini anglatishini qo‘llab-quvvatlashadi.
Masalani hal etishni qog‘ozbozlik qiyinlashtiradi. Qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishga ruxsatnomani Ukraina taqdim etgan, Niderlandiya esa ularni Ukrainaga qaytarishga kafolat bergan. Bular shartnomalarda yozib qo‘yilgan.
Ishni yengillashtirmaydi, va aftidan, jarayonni qasddan cho‘zadi. 2019-yil iyulida oraliq qaror qabul qilingandi. Unda Ukraina tayanayotgan 1970-yildagi YuNESKO konvensiyasini bu holatda qo‘llab bo‘lmaslik aytilgan.
© AP Photo / Peter DejongVistavka "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya" v Amsterdame privlekla vnimanie iskusstvovedov so vsego mira
Vistavka Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya v Amsterdame privlekla vnimanie iskusstvovedov so vsego mira
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Vistavka "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya" v Amsterdame privlekla vnimanie iskusstvovedov so vsego mira
Sud tomonlardan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘radi. Qrim muzeylari yana arxiv hujjatlar, jumladan, XIX asrdagi, barcha buyumlarning kelib chiqishini taqdim etdi.
2020 yil martida sud majlisi pandemiya sabab iyulga qoldirildi. So‘ngra sentabrga, zero sudyalardan birini Ukraina tomoni rad etdi.
Yakuniy qarorni 2021-yil sentabrda chiqarishga va’da berishdi, biroq “kutilmagan vaziyatlar sabab” 26-oktabrgacha qoldirishdi.

Nima haqida bahslashishapti?

“Xalqaro huquq nuqtayi nazaridan buyum hamisha nimagadir u qayerda bo‘lsa, u bilan bog‘liq. Skiflar oltinlari – Kiyev, Lvovniki emas. Aynan skiflarniki va uni Qrim hududida topilgan. Nega uni kimgadir berib yuborish kerak? Niderlandiya va Ukraina o‘rtasida hech qanday bitim yo‘q, bu muzeylararo shaxsiy bahs. Albatta, oltinlarni Qrimlarga qaytarish oqilona bo‘lgan bo‘lardi”, - deya fikr birdiradi xalqaro huquqshunos Anatoliy Kapustin.
© Foto : Allard Pierson MuseumEksponat vistavki "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya"
Eksponat vistavki Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Eksponat vistavki "Krim: zoloto i sekreti Chernogo morya"
Ikki mingga yaqin eksponatlarning nodirligiga endi tarixiy bo‘lgan Bonn va Amsterdamdagi ko‘rgazmalar tashrif buyuruvchilari ishonch hosil qilishdi. Qrim va Prichernomorye tarixiga bag‘ishlangan bu qadar keng ko‘lamli arxeologik loyiha Yevropada hali bo‘lmagandi. Prichernomorye sahrolaridan hozirgi Xitoy hududiga ko‘chib yurgan ko‘chmanchi xalqlar, skiflar haqidagi afsona va dostonlar sirlilik bag‘ishlardi.
Bu ming yillik tarix. Qadimiy artefaktlarni qaytadan baholab bo‘lmaydi. Ayrim ekspertlar sug‘urta summasi haqida gapirayotib, ikki million yevroni tilga olishgandi.
Eksponatlar orasida – bezaklar, amaliy san’at buyumlari, idish-tovoqlar, qurol parchalari, qadimgi yunon xudolari haykalchalari, sopol va shisha buyumlar, naqshdor vazalar va terrekota haykalchalar bor. Qrim qadimdan G‘arb va Sharq, imperiyalar va yunon antik dunyo madaniyati aralashib ketgan ko‘p madaniyatli markaz bo‘lgan.
Krimskiy poluostrov na karte - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
Dmitriy Vidrin: Kiyevning “Qrim platformasi” sammiti – quruq gap
Yangiliklar lentasi
0